Rossiya

Kreml Rossiyadagi migrantlar bilan bogʻliq vaziyatga munosabat bildirdi

© Sputnik / Aleksey KudenkoVid na Pokrovskiy sobor
Vid na Pokrovskiy sobor - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Peskov Moskva viloyatida vaziyat keskinlashgandan keyin Rossiyada migrantlarga nisbatan biror chora qabul va muhokama qilinmaganini taʼkidladi.
TOSHKENT, 15 sen – Sputnik. Noqonuniy migrantlarga nisbatan choralar doimiy asosda qabul qilinishi lozim. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov brifing davomida shunday fikrni bildirdi.
Peskov qonunga rioya etilishini taʼminlash hukumat uchun mutlaqo ustuvor vazifa hisoblanadi.
“Noqonuniy migrantlarga nisbatan choralarga kelsak, ular doimiy asosda qabul qilinishi shart. Migratsion rejimda qonunchilikni taʼminlash mutlaqo ustun hisoblanadi”, - deya javob berdi u mamlakatda migrantlarga oid federal darajada biror bir qaror qabul qilinishi kerakmi yoki yoʻq degan savolga.
Peskov Moskva viloyatida vaziyat keskinlashgandan keyin Rossiyada migrantlarga nisbatan biror chora qabul va muhokama qilinmaganini taʼkidladi.
“Yoʻq, bu holtda biror bir qaror qabul qilingani yoʻq, va bu hozir muhokama qilinmayapti”, - deya javob berdi Kreml vakili tegishli savolga.
Peskov aniq bir mintaqadagi har bir vaziyat xususiyatini inobatga olish zarurligini qoʻshimcha qildi.
Onlayn-konferentsiya v preddverii Kurban-bayrama v ramkax proyekta Religiya i mirovozzreniye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Migratsiya
Bir kishining jinoyati butun xalq va dinga yomon munosabatda boʻlishga bahona emas – imom
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader