Migratsiya

Mehnat migrantlarini charter reys va poyezdlarda olib ketish yoʻlga qoʻyiladi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishPribыtiye poyezda Tashkent-Moskva
Pribыtiye poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
“Oʻzbekistonda qurilish, uy-joy kommunal xoʻjaligi va savdo sohalarida mehnat resurslarini tayyorlash tashkil etiladi - Xusnulin.
TOSHKENT, 15 sen – Sputnik. Yaqin kelajakda Rossiyaga mehnat migrantlari uchun charter reyslar yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqida RIA Novostiga tayanib Sputnik muxbiri xabar bermoqda.
“Ular uchun emlashni tashkil qilish ham kerak”, - dedi Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Marat Xusnullin. "Biz zudlik bilan Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining oʻrinbosari Tatyana Alekseyevna Golikova bilan Oʻzbekistonda nafaqat qurilish sohasida, balki uy-joy kommunal xoʻjaligi, savdo sohasida ham mehnat resurslarini tayyorlash boʻyicha ishlarni tashkil etishga kelishib oldik.
Migrantlar umumiy sonida quruvchilar ulushi - 46% boʻladi. Tatyana Alekseyevna tez orada qachon va qancha muhojirlarni olib kelishini aniq xabar qilishiga umid qilaman", - deydi Husnullin.
Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekistondan keladigan charter reyslari amalga oshirila boshlanganidan soʻng, Rossiyada ishlash istagida boʻlgan fuqarolarni emlash tashkil etiladi.
Yaqinda Oʻzbekiston va Rossiya mehnat vazirliklari delegatsiyalari uchrashuv oʻtkazib, Oʻzbekistondan Rossiyaga mehnat migrantlarini yuborish jarayonini soddalashtirish va patent olish tartiblarini tezlashtirish haqida kelishib olishgan edi. Undan tashqari yaqin kunlarda Oʻzbekistondan 10 mingga yaqin quruvchilar tashkillashtirilgan tartibda Rossiyaga yuborilishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala