Siyosat

Mirziyoyev Xalqaro moliya korporatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi - tafsilotlar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Muzokaralar chogʻida sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalaridagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash, jumladan sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish va jarayonlarni raqamlashtirishga doir dastur va loyihalarda XMKning ishtirokini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
TOSHKENT, 15 sen - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 sentyabr kuni Xalqaro moliya korporatsiyasi boshqaruvchi direktori Maxtar Diop boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv avvalida davlat rahbari tarkibida XMK ham faoliyat koʻrsatuvchi Jahon banki guruhi bilan samarali hamkorlik izchil rivojlanayotgani va strategik sheriklik mustahkamlanib borayotganini alohida taʼkidladi.
Ochiq va konstruktiv muloqot, hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga oʻzaro intilishi tufayli Oʻzbekistonda Jahon banki ishtirokidagi qoʻshma loyihalarning portfeli 5 milliard dollarga yetgan hamda Oʻzbekiston iqtisodiyotining barcha ustuvor sohalari va tarmoqlarini qamrab olgan.
Dollarы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.12.2020
Iqtisod
ITB Oʻzbekistonda 509,2 mln dollarlik loyihalarni moliyalashtirishni maʼqulladi
2016 yilda respublikada XMK faoliyati qayta tiklandi. Oʻtgan davrda Korporatsiya amaliyotlarining hajmi uch barobar ortib, qariyb 200 million dollarni tashkil etdi.
Bugungi kunda davlat-xususiy sheriklik tizimini rivojlantirish, transport sohasini modernizatsiya qilish, bank sektorini transformatsiya qilish, mikromoliyalash institutlarini isloh qilish, toʻqimachilik tarmogʻiga xalqaro standartlarni joriy etish va boshqa yoʻnalishlarda muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.
Muzokaralar chogʻida sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalaridagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish va jarayonlarni raqamlashtirishga doir dastur va loyihalarda XMKning ishtirokini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari, tadbirkorlik sohasida, biznesni moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini, davlat korxonalarini xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik tizimini rivojlantirishdagi ilgʻor tajribani joriy etish borasida hamkorlik qilish, shuningdek, Oʻzbekistonda "yashil texnologiyalar"ni tatbiq etish, shu jumladan energetika va qishloq xoʻjaligidagi innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash muhim ekani taʼkidlandi.
Qoʻshma "yoʻl xarita"sini tayyorlash va muntazam ekspertlik uchrashuvlarini oʻtkazishga kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala