O‘zbekiston Bobur nomidagi O‘sh drama teatrini ta’mirlashga hissa qo‘shadi

© Meriya g. OshNachata rekonstruksiya Uzbekskogo dramaticheskogo teatra v Oshe
Nachata rekonstruksiya Uzbekskogo dramaticheskogo teatra v Oshe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2021
Obuna bo‘lish
Teatr rekonstruksiyasi O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari erishgan kelishuv asosida boshlangan
TOShKENT, 15 sen – Sputnik. Qirg‘iziston janubidagi Bobur nomidagi O‘sh musiqali akademik drama teatrini rekonstruksiya qilish boshlandi. Binoni tubdan ta’mirlash uchun 5 million dollar ajratiladi. Bu haqda O‘sh hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari teatr rekonstruksiyasi borasida kelishuvga erishgan. 14-sentabr kuni ikki davlat organlari xodimlari va tegishli mutasaddilardan iborat komissiya ish boshlanishi jarayoni bilan tanishgan.
“Teatr rekonstruksiyasi ikki tomonlama ijtimoiy-madaniy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari erishgan kelishuv asosida boshlangan”, - deyilgan xabarda.
Rekonstruksiya ishlarini 2022-yilning boshiga yakunlash rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0