Iqtisod

Oʻzbekiston-Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish loyihasi yakuniga yetkaziladi

© Press-slujba MIVT UzbekistanaUzbekistan i Turkmenistan rasschitыvayut podpisat soglasheniye o sozdanii i regulirovanii deyatelnosti zonы prigranichnoy torgovli.
Uzbekistan i Turkmenistan rasschitыvayut podpisat soglasheniye o sozdanii i regulirovanii deyatelnosti zonы prigranichnoy torgovli. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Ikki mamlakat oʻrtasida transport yoʻlaklarini yanada rivojlantirish, aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich qayta tiklash, “Turkmanboshi” dengiz porti infratuzilmasidan foydalanish istiqbollari kutilmoqda.
TOSHKENT, 15 sen – Sputnik. Toshkentda Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Turkmaniston Hukumatlararo komissiyasining 16-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Invistitsiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov hamda Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisining oʻrinbosari Esenmirat Orazgeldiyev hamraisligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda tomonlar ikki mamlakat iqtisodiyotining qiyosiy ustunliklarini hisobga olgan holda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish boʻyicha kelishib olishdi.
Kelishuvga muvofiq endi ikki mamlakat bozorlariga oʻzbek va turkman mahsulotlarini barqaror yetkazib berishni taʼminlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar koʻriladi hamda har ikki tomon oʻzbek-turkman savdo aylanmasi hajmini yaqin kelajakda 1 mlrd dollarga yetkazishga tayyor.
“Shuningdek, yaqin kelajakda Oʻzbekiston-Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasi faoliyatini tashkil etish va tartibga solish toʻgʻrisidagi Bitim loyihasini kelishish ham yakuniga yetkaziladi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, tomonlar transport yoʻlaklarini yanada rivojlantirish, aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich qayta tiklash, 2022 yilda oʻzaro tarif imtiyozlarini taqdim etish, “Turkmanboshi” dengiz porti infratuzilmasidan foydalanish istiqbollari hamda boshqa tashabbuslarni nazarda tutuvchi qoʻshma choralarni ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib oldilar.
Flagi Uzbekistana i Turkmenistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston va Turkmaniston savdo aylanmasi hajmini 1 mlrd $ ga yetkazish rejalashtirilmoqda
Oʻzbek-turkman chegarasida transchegaraviy savdo zonalari yaratilishi Umurzakovning oʻtgan yili may oyida Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisining oʻrinbosari — tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan videokonferentsaloqa orqali muzokaralarida maʼlum boʻlgandi.
Maʼlumot oʻrnida, hozirda Oʻzbekistonda turkman kapitali ishtirokida 160 korxona faoliyat koʻrsatmoqda hamda joriy yilning birinchi yarmida ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 20 foizga oshdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala