Jamiyat

Oʻzbekistonda 26 sentyabr DXX xodimlari kuni etib belgilandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Ilgari DXXning kasb bayrami 5 aprelda nishonlanar edi.
TOSHKENT, 15 sen – Sputnik. 26 sentyabr Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni etib belgilandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli qonunga imzo chekdi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Senat avgust oxirida ushbu qonunni maʼqullangan edi. Qonunni muhokama qilish vaqtida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni oʻrganish Davlat xavfsizlik xizmatining tarixi aslida Oʻzbekiston prezidentining 1991 yil 26 sentyabrda qabul qilingan PF-265-sonli farmoniga borib taqalishi koʻrsatishi taʼkidlangan edi.
2018 yil 2 oktyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonunda 5 aprel –mamlakat DXXning kasb bayrami etib belgilangan edi.
Qonunga koʻra, DXXning asosiy vazifalari Oʻzbekistonning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda boshqa davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdan, qonuniylikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini taʼminlashdan, shuningdek Davlat xavfsizlik xizmatining vakolatiga kiritilgan huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berishdan iborat.
Yangi qonun qabul qilinishi natijasida 2018 yil 2 oktyabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash toʻgʻrisida"gi qonun oʻz kuchini yoʻqotdi.
Prokuratura - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.12.2019
Siyosat
Mirziyoyev prokuratura va DXX xodimlarining daxlsizligini qisqartirdi
“Bugungi kunda 5 aprel sanasini Davlat xavfsizlik xizmati kuni sifatida nishonlash (Xizmatning 30 yilligi) xavfsizlik idoralarining faoliyat yuritishini hisoblashda qarama-qarshilikni keltirib chiqarmoqda. Chunki oʻtgan yillar davomida (2006, 2011 va 2016 yillar) xizmatning tantanali yubileylariga Davlat xavfsizlik xizmatining xorijiy hamkorlari taklif etilib, ularga esdalik nishonlari topshirilgan. Shu bois, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayrami nishonlanganidan soʻng, 26 sentyabr kuni Davlat xavfsizlik xizmatining 30 yilligini oʻtkazish mantiqan toʻgʻri hisoblanadi”, - deyilgandi Senat xabarida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala