Migratsiya

Oʻzbekistonlik migrantlar uchun Rossiyaga kirib borish soddalashtirildi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Fotobankka oʻtishPosadka na vыvoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan
Posadka na vыvoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Rossiya delegatsiyasi bilan qator uchrashuv va muzokaralar natijasida oʻzbekistonlik mehnat migrantlari (ishchilar) tayyor holatda Rossiya mehnat bozoriga kirib borishiga erishildi.
TOSHKENT, 15 sen - Sputnik. Oʻzbekistonlik migrantlar uchun Rossiyaga kirib borish soddalashtirilmoqda. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Mehnat vazirligi matbuot kotibi Mavjuda Mirzayeva maʼlum qildi.
"Oʻzbekiston fuqarolarini tashkiliy tarzda ishga joylashtirish, mehnat migrantlari sogʻligʻini muhofaza qilish, ichki ishlar organlari vakolatiga tegishli masalalarga bagʻishlangan muhokamalar olib borildi. Shu paytgacha Rossiya Federatsiyasiga ishga boruvchi fuqarolar patent hujjatini olishi uchun usha mamlakatda 5 xil turdagi tibbiy koʻrikdan oʻtishi hamda barmoq izini ichki ishlar bazasiga kiritish uchun 1 oygacha boʻlgan muddat talab qilinar edi. Rossiyalik hamkorlar bilan qator uchrashuv va muzokaralar natijasida shu kabi ishlar endilikda Oʻzbekistonda amalga oshirilib, ishchilar tayyor holatda Rossiya mehnat bozoriga kirib boradigan boʻldi", - dedi Mirzayeva.
Vxod na stantsiyu metro Lesoparkovaya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Rossiya
Migrantlar uchun qulaylik: Moskva metrosida oʻzbek tilida belgilar paydo boʻldi - foto
Taʼkidlanishicha, Rossiya Federatsiyasi mehnat migratsiyasi boʻyicha delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi yakunlari boʻyicha quyidagilarga erishildi:
1. Qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga jalb qilish boʻyicha pilot loyiha doirasida 10 ming mehnat migranti yaqin vaqt davomida soddalashtirilgan tartib asosida Oʻzbekistondan Rossiyaga ishga jalb qilinadi.
Nomzodlarni ishga jalb qilish bilan bogʻliq, jumladan, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, emlash, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi boʻyicha imtihon topshirish, patent rasmiylashtirish va transport xarajatlari ish beruvchilar tomonidan qoplanishi koʻzda tutilmoqda.
Pribыtiye poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.09.2021
Migratsiya
Oʻn ming migrant charter poyezdlar orqali Rossiyaga olib ketiladi - RFdan delegatsiya keldi
2. Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolarni emlash va koronavirusga qarshi test topshirish jarayonlarini ikki davlat mutaxassislari tomonidan Rossiya tomoni tibbiy uskunalari yordamida birgalikda Oʻzbekistonda amalga oshirish hamda ularning natijasi boʻyicha tibbiy maʼlumotlarni "COVID-19siz sayohat" ilovasi tizimiga integratsiya qilish belgilandi.
3. Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolar uchun patent olishda talab etiladigan daktiloskopik roʻyxatga olish va rasmga olish jarayonlarini ikki davlat Ichki ishlar vazirliklari tomonidan Rossiya tomoni uskunalari yordamida Oʻzbekistonda amalga oshirishga kelishib olindi. Taʼkidlash joiz, ikki davlat oʻrtasida mehnat migratsiyasi sohasida erishilgan ushbu kelishuvlar Rossiya federatsiyasida ishlash istagida boʻlgan koʻplab oʻzbekistonliklar uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratib, fuqarolarning vaqti va xarajatlari qisqarishiga olib keladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala