Rossiya

Rossiyada terrorchilar safiga odam yollash bilan shugʻullangan migrantlar qoʻlga olindi

© FSB RF / Fotobankka oʻtishSotrudniki FSB RF
Sotrudniki FSB RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Ayrim maʼlumotlarga koʻra, yollovchilar Tojikistondan kelgan shaxslar boʻlgan. Taqiqlangan faoliyatga ayollar ham jalb etilgan
TOSHKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiyaning Krasnoyarsk oʻlkasida "Katiba Tavxid val-jihod" terrorchilik tashkiloti safiga (RF taqiqlangan) odamlarni yollashda gumonlangan ikki nafar mehnat muhojiri qoʻlga olindi.
FXXning Krasnoyarsk oʻlkasi boʻyicha boshqarmasi matbuot-xizmati bergan xabarga koʻra, ikki nafar fuqaro terrorchilik mafkurasini keng yoyish maqsadida Markaziy Osiyo davlatlaridan ushbu regionga kelgani aniqlangan.
"MK Krasnoyarsk" nashri oʻz manbasiga tayanib, aniqlik kiritishicha, yollovchilar Tojikiston fuqarolari boʻlgan.
Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.02.2021
Dunyoda
Rossiya FXX Qrim va Tataristonda ID* moliyachilarini qoʻlga oldi - video
Nashr manbasi bergan maʼlumotlarga koʻra, qoʻlga olinganlar ayollar oʻrtasida ham mafkurani keng targʻib qilish ishlari bilan shugʻullangan.
Yollanuvchi erkaklarga islom dinini qabul qilib, soʻngra tashkilot aʼzosiga aylanish, ayollarga esa terrorchilarga xotin boʻlish taklif etilgan.
Ikkala gumonlanuvchi ham hibsga olingan. Ularga nisbatan terrorchilik faoliyatiga koʻmaklashish fakti boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala