Jamiyat

“Tonirovka” uchun ruxsatnomani arzon olish imkoniyati paydo boʻldi

© Sputnik / Ruslan KrivobokTonirovka avtomobilya
Tonirovka avtomobilya  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Endilikda avtotransport oynalari tusini oʻzgartish uchun ruxsatnomani onlayn olishda 10 foiz chegirma ham beriladi.
TOSHKENT, 15 sen – Sputnik. Hukumat qarori bilan joriy yil 1 oktyabrdan avtotransportlar oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP, my.gov.uz) orqali koʻrsatiladi.
YAIDXP xabariga koʻra, endilikda avtotransport oynalari tusini oʻzgartish uchun ruxsatnomani onlayn olishda 10 foiz chegirma ham beriladi.
“Tonirovka”ning narxi orqa yon oynalar uchun 135 ming soʻm (yuridik shaxslar uchun 270 ming soʻm), old va orqa yon oynalar uchun esa 1 million 300 ming soʻmga arzonlashdi.
Bundan tashqari, avtotransport oynasiga stiker majburiy ravishda yopishtirilmaydi. YAIDXP orqali ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish imkoniyati ham yaratilgan.
Unda avtotransport vositasi ikkilamchi bozordan sotib olinganida, avtotransport vositasining roʻyxatdan oʻtgan guvohnomasi mulkdori yoki davlat raqam belgisi oʻzgargan hollarda avtotransport vositasiga rasmiylashtirilgan “tonirovka” ruxsatnomasiga onlayn tarzda bepul oʻzgartirishlar kiritish mumkin.
Toʻlov amalga oshirilgach, uzogʻi 2 soat ichida fuqaroning portaldagi shaxsiy kabinetiga elektron koʻrinishdagi QR-kodi boʻlgan sertifikat, yaʼni ruxsatnoma kelib tushadi. Uni istalgan vaqtda yuklab olish mumkin.
Fuqarolar xizmat sinov tariqasida ishga tushirilganligini inobatga olib, qisqa uzilishlar boʻlishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala