“Tonirovka” uchun ruxsatnomani arzon olish imkoniyati paydo bo‘ldi

© Sputnik / Ruslan KrivobokTonirovka avtomobilya
Tonirovka avtomobilya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2021
Obuna bo‘lish
Endilikda avtotransport oynalari tusini o‘zgartish uchun ruxsatnomani onlayn olishda 10 foiz chegirma ham beriladi.
TOShKENT, 15 sen – Sputnik. Hukumat qarori bilan joriy yil 1-oktabrdan avtotransportlar oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP, my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladi.
YaIDXP xabariga ko‘ra, endilikda avtotransport oynalari tusini o‘zgartish uchun ruxsatnomani onlayn olishda 10 foiz chegirma ham beriladi.
“Tonirovka”ning narxi orqa yon oynalar uchun 135 ming so‘m (yuridik shaxslar uchun 270 ming so‘m), old va orqa yon oynalar uchun esa 1 million 300 ming so‘mga arzonlashdi.
Bundan tashqari, avtotransport oynasiga stiker majburiy ravishda yopishtirilmaydi. YaIDXP orqali ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish imkoniyati ham yaratilgan.
Unda avtotransport vositasi ikkilamchi bozordan sotib olinganida, avtotransport vositasining ro‘yxatdan o‘tgan guvohnomasi mulkdori yoki davlat raqam belgisi o‘zgargan hollarda avtotransport vositasiga rasmiylashtirilgan “tonirovka” ruxsatnomasiga onlayn tarzda bepul o‘zgartirishlar kiritish mumkin.
To‘lov amalga oshirilgach, uzog‘i 2 soat ichida fuqaroning portaldagi shaxsiy kabinetiga elektron ko‘rinishdagi QR-kodi bo‘lgan sertifikat, ya’ni ruxsatnoma kelib tushadi. Uni istalgan vaqtda yuklab olish mumkin.
Fuqarolar xizmat sinov tariqasida ishga tushirilganligini inobatga olib, qisqa uzilishlar bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.
Yangiliklar lentasi
0