Siyosat

Toshkent va Moskva oʻrtasida hamkorlik kuchayadi: Ortiqxoʻjayev Rossiya elchisi bilan uchrashdi

© Press-slujba xokimiyata TashkentaXokim Tashkenta Jaxongir Artikxodjayev vstretilsya s Chrezvыchaynыm i Polnomochnыm Poslom Rossiyskoy Federatsii v Respublike Uzbekistan Olegom Malginovыm
Xokim Tashkenta Jaxongir Artikxodjayev vstretilsya s Chrezvыchaynыm i Polnomochnыm Poslom Rossiyskoy Federatsii v Respublike Uzbekistan Olegom Malginovыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Rossiya elchisi Malginovning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston, xususan, Toshkent — Rossiya tadbirkorlari uchun eng talabgir yoʻnalish sanaladi
TOSHKENT, 15 sen - Sputnik. 2021 yil 14 sentyabr kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi.
Ortiqxoʻjayev mehmonni qarshi olib, oxirgi yillarda poytaxtda roʻy bergan, ham ijtimoiy soha ham shahar infratuzilmasiga oid islohotlar va oʻzgarishlar haqida soʻzlab berdi.
Stroitelstvo jilogo kompleksa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.09.2021
Iqtisod
Rossiyaning arzon uy-joy quruvchi yirik kompaniyasi Oʻzbekiston bozoriga chiqmoqchi
Poytaxt hokimi “Xavfsiz shahar” loyihasi boʻyicha olib borilayotgan ishlar va yangi oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan, Toshkentda faoliyat yuritayotgan Rossiya taʼlim muassasalari haqida maʼlumot berdi.
Oleg Malginov iliq qabul uchun minnatdorlik bildirib, oʻzining poytaxt toʻgʻrisidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi va bir necha jihatlarga alohida toʻxtaldi: Oʻzbekiston, xususan, Toshkent — Rossiya tadbirkorlari uchun eng talabgir yoʻnalish boʻlib, buni oʻzbekistonlik biznes vakillarining Rossiya mintaqalari bilan faol hamkorligi tasdiqlaydi.
Yabloki i grozdya vinograda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.08.2021
Iqtisod
Oʻzbekistondan Rossiyaga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari koʻpi bilan besh kunda yetkazib beriladi
Taraflar Toshkent hokimligi va Moskva meriyasi oʻrtasida rejalashtirilayotgan hamkorlik dasturini hamda oktyabr boshida kutilayotgan Sankt-Peterburg delegatsiyasining tashrifini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida Ortiqhoʻjayev va Malginov rejalashtirilgan loyihalarni rivojlantirishda oʻzaro sermahsul koʻmakka kelishib oldilar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala