Toshkent va Moskva o‘rtasida hamkorlik kuchayadi: Ortiqxo‘jayev Rossiya elchisi bilan uchrashdi

© Press-slujba xokimiyata TashkentaXokim Tashkenta Jaxongir Artikxodjayev vstretilsya s Chrezvichaynim i Polnomochnim Poslom Rossiyskoy Federatsii v Respublike Uzbekistan Olegom Malginovim
Xokim Tashkenta Jaxongir Artikxodjayev vstretilsya s Chrezvichaynim i Polnomochnim Poslom Rossiyskoy Federatsii v Respublike Uzbekistan Olegom Malginovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya elchisi Malginovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston, xususan, Toshkent — Rossiya tadbirkorlari uchun eng talabgir yo‘nalish sanaladi
TOShKENT, 15 sen - Sputnik. 2021 yil 14-sentabr kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi.
Ortiqxo‘jayev mehmonni qarshi olib, oxirgi yillarda poytaxtda ro‘y bergan, ham ijtimoiy soha ham shahar infratuzilmasiga oid islohotlar va o‘zgarishlar haqida so‘zlab berdi.
Stroitelstvo jilogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2021
Rossiyaning arzon uy-joy quruvchi yirik kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga chiqmoqchi
Poytaxt hokimi “Xavfsiz shahar” loyihasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va yangi oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, Toshkentda faoliyat yuritayotgan Rossiya ta’lim muassasalari haqida ma’lumot berdi.
Oleg Malginov iliq qabul uchun minnatdorlik bildirib, o‘zining poytaxt to‘g‘risidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi va bir necha jihatlarga alohida to‘xtaldi: O‘zbekiston, xususan, Toshkent — Rossiya tadbirkorlari uchun eng talabgir yo‘nalish bo‘lib, buni o‘zbekistonlik biznes vakillarining Rossiya mintaqalari bilan faol hamkorligi tasdiqlaydi.
Yabloki i grozdya vinograda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2021
O‘zbekistondan Rossiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘pi bilan besh kunda yetkazib beriladi
Taraflar Toshkent hokimligi va Moskva meriyasi o‘rtasida rejalashtirilayotgan hamkorlik dasturini hamda oktabr boshida kutilayotgan Sankt-Peterburg delegatsiyasining tashrifini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida Ortiqho‘jayev va Malginov rejalashtirilgan loyihalarni rivojlantirishda o‘zaro sermahsul ko‘makka kelishib oldilar.
Yangiliklar lentasi
0