Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Turkiya Eron bilan chegarada beton devor qurmoqda

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishSituatsiya u aeroporta Kabula
Situatsiya u aeroporta Kabula - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Turkiya afgʻon migrantlari tufayli Eron bilan chegarada devor qurmoqda.
TOSHKENT, 15 sen — Sputnik. Turkiya hukumati Afgʻonistondan migratsiyaning oʻsishi fonida Eron bilan chegarada devor qurmoqda. Ayni vaqtda 221 km qurib bitkazildi, yana 242 km uzunlikdagi devor qurilishiini yakunlash rejalashtirilgan. Bu haqda mamlakat IIV rahbari Sulaymon Soylu maʼlum qildi.
“Biz Van viloyatida Eron bilan chegaraning qolgan qismida uzunligi 242 kilometr boʻlgan devor qurilishi ishlarini boshlayapmiz, 221 km qurilgan. Shu tariqa biz Eron bilan chegaramizni mustahkamlaymiz”, - dedi IIV rahbari.
Devor optik tolali tizimlar, yorugʻlik va tungi koʻrish kameralari bilan jihozlangan.
IIV maʼlumotlariga koʻra, devor tufayli u yerda turk-eron chegarasini noqonuniy kesib oʻtmoqchi boʻlgan afgʻon migrantlari soni kamaydi (sutkasiga 1500 nafardan 200 nafargacha).
Turkiya - Afgʻoniston va Pokistondan kelgan migrantlar uchun tranzit mamlakatdir. Ular Erondan Turkiyaga kelishadi, keyin esa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga borishga harakat qilishadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala