Dunyoda

Zelenskiy Ukrainani "Temir gumbaz" bilan qoplamoqchi

© Ofis prezidenta UkrainыPrezident Ukrainы Vladimir Zelenskiy
Prezident Ukrainы Vladimir Zelenskiy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
AQSH Rossiyadan himoyalanishi uchun Ukrainaga raketalarga qarshi "Temir gumbaz" batareyalarini topshirishi mumkin, deb xabar qilmoqda Politico nashri
TOSHKENT, 15 sen - Sputnik. AQSH kongressining bir qismi Ukrainaga ikki dona raketalarga qarshi taktik tizim - "Temir gumbaz"ni yetkazib berish taklifini ilgari surdilar. Bu haqda Politico xabar bermoqda.
Qurolli kuchlar masalalari boʻyicha qoʻmita 2022 yilga oʻzi ishlab chiqqan mudofaa qonun loyihasini taqdim etdi. Unga koʻra, Pentagon Kiyevga "mavjud tizimlarni" sotish yoki topshirish variantlarini oʻz ichiga olgan hisobotni taqdim etishi kerak.
Hujjatda muayyan Raketalarga qarshi mudofaa tizimining nomi keltirilmagan, ammo nashr manbasi soʻzlariga koʻra, gap "Temir gumbaz" deb nomlanuvchi batareyalar haqida bormoqda. Aytilishicha, ular ukrainalik harbiylarga "Rossiyaga qarshi turishda" yordam berishi kerak.
Prezidentskiye vыborы na Ukraine - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Dunyoda
"Hojatxona oldida kutish kerakmas". Zelenskiyni Putinni qorovullamaslikka chaqirishdi
"Yangi qurolni olgach Moskva va Kiyev oʻrtasidagi munosabatlarda ziddiyat kuchayishi ehtimoli mavjud", - deyiladi maqolada.
Qayd etilishicha, AQSH ikki yil oldin Isroildan ikkita Iron Dome batareyalarini xarid qilgan, ammo shu vaqtgacha ularni armiya qoʻmondonligi va boshqaruvi yangi tizimiga integrallashning imkoni boʻlmagan.
Sentyabr oyi boshida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vashingtonga bordi va amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan uchrashdi. Muzokaralar natijasida mudofaa sherikligi strategik asoslari toʻgʻrisida bitim imzolandi. Bu ikki mamlakat mudofaa vazirliklari oʻrtasidagi harbiy salohiyatni oshirish va Ukrainaning mamlakatning hududiy yaxlitligini saqlashga tayyorligini oshirish va NATOga muvofiqligi yoʻlida harakat qilishning keyingi qadamlarini belgilaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala