“Amirsoy”dagi qimmatbaho daraxtlar kesib tashlanganligi holati yuzasidan jinoyat ishi ochildi

© Nuz.uzVirubka vekovix chinar v Samarkande
Virubka vekovix chinar v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Obuna bo‘lish
“Amirsoy” kurort zonasida 700 tup atrofidagi qimmatbaho daraxtlar kesib tashlanganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Bo‘stonliq tumanidagi “Amirsoy” kurort zonasida 700 tup atrofidagi qimmatbaho daraxtlar kesib tashlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bundan avval deputat Rasul Kusherbayev bu haqda Telegram-kanalida post yozgandi.
Virubka derevyev v kurortnoy zone Amirsay pod Tashkentom  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2021
"Amirsoy" yaqinida 700 tup daraxt kesib tashlandi - Rasul Kusherbayev
“Ba’zan tushunmay daraxt kesib qo‘yibdi, degan baxonalarni eshitib qolamiz. Balki rostanam daraxt kesish mumkinmasligini bilmagandir, deyish mumkin.
Lekin hamma narsadan xabari bor, nufuzli tashkilotdagilarning ham qonunlarga tupurib qo‘yganini qanday tushunish mumkin?!
Masalan, ko‘pchiligimiz eshitgan Bo‘stonliq tumanidagi "Amirsoy" kurort zonasi ma’muriyatining yaqinda naqd 700 tup atrofidagi qimmatbaxo daraxtlarni kesib tashlaganini hech narsa bilan xoqlab bo‘lmaydi.
Shuncha gapdan keyin ham har xil baxonalar bilan daraxtkesarlik davom etmoqda. Buncha katta "dux" qayerdan paydo bo‘ldi?
Holat bo‘yicha ekologiya qo‘mitasi tomonidan prokuraturaga taqdim etilgan materiallar imi-jimida yopilib ketmasligi kerak. Gap ortga qaytarib bo‘lmaydigan 700 tup daraxt va salkam 400 million so‘mlik tabiatga yetkazilgan zarar haqida ketmoqda.
O‘zi kurort ma’muriyati odamlar tog‘ning daraxtzor tabiatida dam olish uchun ham kurortlarga borishini bilarmikan”.
Yangiliklar lentasi
0