Dunyoda

Bayden Avstraliya bosh vazirining ismini unutib qoʻydi

© AFP / MANDEL NGANPrezident SSHA Djo Bayden
Prezident SSHA Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Ilgari Oq uy rahbari AQSH mudofaa vaziri va Pentagon nomini unutib qoʻygan edi.
TOSHKENT, 16 sen – Sputnik.AQSH prezidenti Jo Bayden muzokaralar davomida Avstraliya bosh vaziri Skot Morrisonning ismini unutib qoʻydi. “RIA Novosti: SSHA” Telegram-kanal bu holat aks etgan videoni chop qildi.
15 sentyabr kuni Bayden, Morrison va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson onlayn mudofaa va xavfsizlik sohasida “AUKUS” yangi sheriklik tashkil etilganini rasman eʼlon qilishgan.
Taqdimotda AQSH rahbari Jonsonni ismi bilan atadi, biroq Baydenning Avstraliya bosh vaziriga qanday yuzlangani qiziq boʻldi.
“Tashakkur, Boris. Men anavi pastda turgan yigitga ham minnatdorchilik bildirmoqchiman. Katta rahmat, ogʻayni. Men buni qadrlayman, janob bosh vazir”, - dedi Bayden uchrashuvda.
Qayd etish joizki, bu Jo Bayden bilan yuz bergan birinchi noqulay holat emas. Ilgari Oq uy rahbari AQSH mudofaa vaziri va Pentagon nomini unutib qoʻygan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader