Dushanbedagi KXShT sammitida imzolangan hujjatlar ro‘yxati

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaSammit ODKB v Dushanbe 16-sentabrya 2021
Sammit ODKB v Dushanbe 16-sentabrya 2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Obuna bo‘lish
Dushanbeda bo‘lib o‘tgan sammitda 14ta muhim shartnoma va deklaratsiyalar imzolandi. Ular orasida Afg‘onistondagi vaziyat o‘zgarishi, kollektiv kuchlarning KXShT davlatlaridagi yuridik maqomi, KXShTning 20-yilligini nishonlash va boshqalar bor.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Tojikiston poytaxti Dushanbeda 16-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan KXShT sammitida jami 14ta hujjatlar imzolandi va ularning aksariyati Afg‘onistonga doir, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.
KXShT a’zolari deklaratsiyasi – ushbu sammitda imzolangan asosiy hujjat bo‘lib, unda KXShT xavfsizlik hududida xatarli vaziyatning saqlanib qolayotgani va tashkilot a’zolari o‘z javobgarlik hududlarida xalqaro va hududiy xavfsizlikni mustahkamlashga tayyorligi qayd etilgan.
Ikkinchi muhim hujjat – kollektiv xavfsizlik kuchlarining KXShTga a’zo davlatlar hududlarida vaqtincha bo‘lish yuridik maqomi va ularga huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolandi.
Undan tashqari yana quyidagi hujjatlar imzolandi:
KXShT qo‘shinlarini birgalikda moddiy-texnik va tibbiy ta’minlash to‘g‘risidagi shartnoma;
KXShT tinchlikparvar kuchlari protokoliga (06.10.2007) o‘zgarish kiritish to‘g‘risidagi shartnoma;
Kollektiv xavfsizlik shartnomasining 30-yilligi va KXShT tashkil qilinganining 20-yilligini nishonlash to‘g‘risidagi shartnoma;
“Operativ harakat qiluvchi Kollektiv kuchlarni zamonaviy qurol-aslaha va maxsus texni bilan ta’minlash to‘g‘risidagi shartnoma;
“KXShT ko‘p servisli aloqa tormog‘ining sxemasi to‘g‘risidagi” shartnoma;
KXShTning tinchlikparavarlik faoliyati bo‘yicha maxsus vakili to‘g‘risidagi qarori;
KXShTning harbiy-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Davlatlararo komissiyasi raisi to‘g‘risidagi qarori;
KXShT birlashgan shtabi boshlig‘i to‘g‘risidagi qarori; (Anatoliy Sidorov vakolati yana 3-yilga uzaytirildi);
KXShTning operativ harakat qiluvchi kuchlari va maxsus bo‘linmalari tarkiblari to‘g‘risidagi qarori;
KXShTning 2020-yilgi budjetining bajarilishi to‘g‘risidagi qarori;
KXShTning 2022-yilgi budjeti to‘g‘risidagi qarori;
Va shuningdek, Kollektiv Xavfsizlik shartnomasi tashkilotining navbatdagi Kengashini o‘tkazish vaqti va joyi hamda tashkilot raisi haqidagi qaror qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Dushanbeda bo‘lib o‘tgan KXShT sammitida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘siton prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Rossiya prezidenti Vladimir Putin (onlayn) hamda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon hamda KXShT bosh kotibi Stanislav Zas ishtirok etishdi.
Yangiliklar lentasi
0