Jamiyat

Ekspert kechasi uyali telefonni qayerga qoʻyish kerakligini aytdi

CC0 / pixabay / Devushka sidit s telefonom
Devushka sidit s telefonom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
"Jonli makon ekologiyasi" laboratoriyasi direktori uyali telefonni qayerga qoʻyish kerakligini aytdi.
TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Koʻpchilik insonlar kechasi uxlashdan oldin uyali telefonni iloji boricha oʻziga yaqinroq joyga qoʻyishga harakat qiladi. Bu qaysi hollarda xavfli boʻlishi mumkin? "Jonli makon ekologiyasi" laboratoriyasi direktori Anton Yastrebtsev Sputnik radioga oʻz fikrlarini aytdi.
Mujchina derjit v ruke mobilnыy telefon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Jamiyat
Oʻzbekistondagi mobil aloqa abonentlari soni 27 milliondan oshdi
Mobil qurilmalar endi paydo boʻlganida, baʼzi shifokorlar ular nurlanishi saraton kasalligiga olib kelishi mumkin, deb xavfsirashgan. Bu xavotirlar tasdiqlanmadi.
Gadjetlarning zamonaviy modellari bunday taʼsirni keltirib chiqarmasligi kerak, deb taxmin qilinadi: ular odamlar uchun xavfsizligini tasdiqlovchi sertifikatsiyadan oʻtadi. Biroq, Yastrebtsev fikriga koʻra, mobil telefonlarning inson ichki organlari va toʻqimalariga taʼsiri darajasi hali toʻliq oʻrganilmagan.
Proverka dokumentov na statsionarnom postu (Drujba narodov) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.08.2021
Jamiyat
Avtomobil boshqarayotganda telefondan foydalanishga ruxsat berish taklif qilinmoqda
Ekspertning taʼkidlashicha, odatda sertifikatlash jarayonida qurilmaning tanaga taʼsiri yarim metr masofada baholanadi. U telefonni shunday yoki boshdan uzoqroq masofada saqlashni maslahat berdi.
"Umumiy qoida - gadjetni quchoqlab uxlamaslik: uni yostiq ostiga ham, karavotga ham qoʻymaslik kerak. Uni boshga bir metr masofadan yaqin tutmagan maʼqul, kamida yarim metr", dedi ekspert.
Qishloq joylarida uyali telefon va uxlab yotgan odam orasidagi masofa kattaroq boʻlishi kerak, chunki qurilmaning nurlanishi baza stantsiyadan uzoqda boʻladi.
"Agar uyali aloqa markaziy stantsiyasi uzoq boʻlsa va aloqa zaif boʻlsa, masalan, qishloqda u holda telefon stantsiya bilan aloqa qilish uchun koʻp energiya sarflaydi va nurlanish yuqori boʻladi. Buni inobatga olish kerak. Bunday holatlarda uni boshdan uzoqroq joyga qoʻyish kerak", - deydi mutaxassis.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala