Iqtisod

Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga qanday imtiyozlar beriladi?

© Pixabay/ Capri23auto Biznesmenы pojimayut drug drugu ruki
Biznesmenы pojimayut drug drugu ruki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Jumladan, maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga ortiqcha QQS summasi qoplab beriladi.
TOSHKENT, 16 sen – Sputnik. “Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2020 yil 1 yanvardan maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar bekor boʻlganligi munosabati bilan mazkur soliq imtiyozlarining foydalanilmay qolgan qismi 2020 yil 1 oktyabrgacha maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestriga kiritilgan ishtirokchilar uchun ular reyestrga kiritilgan sanadan boshlab 3 yildan 10 yilgacha muddatlarda toʻliq qoʻllaniladi.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga 2021 yil 15 sentyabrdan mahsulot ishlab chiqarishda va oʻz ehtiyojlari uchun foydalaniladigan butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni import qilganda QQS va bojxona bojini foizlar hisoblanmagan va ularning toʻlanishini taʼminlash talab etilmagan holda 120 kungacha muddatga kechiktirib (boʻlib-boʻlib) toʻlash huquqi beriladi.
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga ortiqcha QQS summasi 7 kun ichida qoplab beriladi.
Bunda, kameral soliq tekshiruvi natijalariga koʻra qoplangan QQS summasi asossizligi aniqlangan taqdirda, mazkur summa belgilangan tartibda undiriladi.
Biznesmen. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Iqtisod
Tadbirkorlarning kelishib olishi osonlashadi: prezidentning yangi farmoni
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala