Jamiyat

OKMKda sof reniy metalli olindi

© Sputnik / N. Bobrov / Fotobankka oʻtishAlmalыkskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat
Almalыkskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Ushbu metall Mendeleyev davriy jadvalida 75-oʻrinni egallab, oʻziga xos noyob fizik-kimyoviy xossalariga koʻra koʻplab sohalarda qoʻllaniladi.
TOSHKENT, 16 sen – Sputnik.Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 99,9% sof holda reniy metalli olinishiga erishildi. Bu haqda kombinat matbuot xizmati xabar qildi.
Kombinatda kelgusida ushbu mahsulot sanoat masshtabida ishlab chiqarilishi koʻzda tutilmoqda.
Ushbu metall neftni qayta ishlash sanoatida, shuningdek, aviasozlik, elektrotexnika sohalarida detallar uchun asosiy element sifatida foydalaniladi.
© OKMK axborot xizmatiReniy metalli
Reniy metalli - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Reniy metalli
Shuningdek, tibbiyotda turli ogʻir xastaliklarni davolashda amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlaridagi maxsus uskunalarni tayyorlashda qoʻllaniladi.
Zargarlikda esa reniydan qimmatbaho buyumlarni bezash uchun qoplama sifatida foydalaniladi.
Yadro sanoatida esa ushbu metalldan termoparalar tayyorlashda foydalanilmoqda. Bu reaktorda yuqori haroratni oʻlchash imkonini beradi.
Jahon bozorida 1 gr reniyning oʻrtacha narxi 9 dollar atrofida turadi.
Palladiy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2020
Iqtisod
Olmaliq kombinatida ilk bor sof palladiy olindi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala