Siyosat

Oʻzbekiston Rossiya Davlat dumasi saylovlariga kuzatuvchilar delegatsiyasini yubordi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishPredstavleniye v TSIK Rossii dokumentov politicheskix partiy k vыboram v Gosdumu
Predstavleniye v TSIK Rossii dokumentov politicheskix partiy k vыboram v Gosdumu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Joriy yil 17-19 sentyabr kunlari Rossiya Davlat dumasiga saylovlar boʻlib oʻtadi. Saylovlarni Oʻzbekiston delegatsiyasi ham kuzatadi.
TOSHKENT, 16 sen – Sputnik. Oʻzbekiston delegatsiyasi Rossiya Davlat dumasiga boʻlib oʻtadigan saylovlarda ishtirok etish uchun Moskva shahriga joʻnab ketdi. Bu haqda MSK matbuot xizmati xabar bermoqda.
Delegatsiyaga mamlakat Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev boshchilik qilmoqda.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston delegatsiyasi, jumladan, MDH, MDH Parlamentlararo Assambleyasi va SHHT kuzatuv missiyalari tarkibida saylovlarni monitoring qiladi.
Joriy yil 17-19 sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Davlat dumasiga saylovlar boʻlib oʻtadi. Pandemiya sabab saylovlar 3 kun davom etadi. Davlat dumasiga 450 nafar deputat saylanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala