O‘zbekiston Rossiya Davlat dumasi saylovlariga kuzatuvchilar delegatsiyasini yubordi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPredstavlenie v SIK Rossii dokumentov politicheskix partiy k viboram v Gosdumu
Predstavlenie v SIK Rossii dokumentov politicheskix partiy k viboram v Gosdumu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Obuna bo‘lish
Joriy yil 17-19 sentabr kunlari Rossiya Davlat dumasiga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Saylovlarni O‘zbekiston delegatsiyasi ham kuzatadi.
TOShKENT, 16 sen – Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Davlat dumasiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etish uchun Moskva shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda MSK matbuot xizmati xabar bermoqda.
Delegatsiyaga mamlakat Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev boshchilik qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi, jumladan, MDH, MDH Parlamentlararo Assambleyasi va ShHT kuzatuv missiyalari tarkibida saylovlarni monitoring qiladi.
Joriy yil 17-19 sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Davlat dumasiga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Pandemiya sabab saylovlar 3 kun davom etadi. Davlat dumasiga 450 nafar deputat saylanadi.
Yangiliklar lentasi
0