O‘zbekistonda suv omborlari to‘g‘onlari endi yiliga ikki marta tekshiruvdan o‘tkaziladi

© Sputnik / A. Gorachev / Mediabankka o‘tishGolovnoe soorujenie Farxadskoy gidroelektrostansii (GES).
Golovnoe soorujenie Farxadskoy gidroelektrostansii (GES). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning 78 % yer maydoni seysmik faol hududlarda joylashgan bo‘lib, MSK – 64 shkalasi bo‘yicha 6 va undan yuqori ballik yer silkinishlari doimiy ravishda sodir bo‘lishi kuzatiladi.
TOShKENT, 16 sen - Sputnik. O‘zbekistonda suv omborlari to‘g‘onlari va gidroelektr stansiyalarida instrumental texnik tekshiruvlar yiliga ikki marta o‘tkaziladi Bu haqda AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
"O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi bo‘yicha tekshiruv va monitoringni o‘tkazishning quyidagi tartibi o‘rnatilmoqda:
I–IV toifa obyektlari har besh yilda seysmik mustahkamlik bo‘yicha vizual tekshiruvdan o‘tkaziladi;
III–IV toifa obyektlari har o‘n yilda seysmik mustahkamlik bo‘yicha instrumental texnik tekshiruvdan o‘tkaziladi;
- suv omborlari to‘g‘onlari va gidroelektr stansiyalarida instrumental texnik tekshiruvlar yiliga ikki marta o‘tkaziladi;
- har bir kuchli zilziladan so‘ng (5,0 magnitudali) suv omborlari to‘g‘onlarida zudlik bilan instrumental texnik tekshiruvlar o‘tkaziladi
Posledstviya proriva na Sardobinskom vodoxranilishe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2021
“Sardoba ishi”: 17 kishiga sud hukmi e’lon qilindi
Brifingda ma’lum qilindiki, O‘zbekistonning 78 % yer maydoni seysmik faol hududlarda joylashgan bo‘lib, MSK – 64 shkalasi bo‘yicha 6 va undan yuqori ballik yer silkinishlari doimiy ravishda sodir bo‘lishi kuzatiladi.
Shu sababli, mamlakat aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlashning qonuniy asoslarini takomillashtirish, mas’ul davlat organlarining bu boradagi vakolatlarini belgilash hamda kuchli zilzilalarga tayyorgarlik ko‘rish, ularning oqibatlarini bartaraf etishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish zarurati mavjud.
Situatsiya v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshel proriv dambi na Sardobskom vodoxranilishe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2021
Sardoba suv ombori nega o‘pirilgani haqida rasmiy xulosa e’lon qilindi
"O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida"gi Qonuni Fanlar akademiyasi tomonidan O‘zbekiston prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi "O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Qonun 5 bob, 26 moddadan iborat.
Qonunda Vazirlar Mahkamasi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi hamda davlat hokimiyati organlarining seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi vakolatlari belgilab berildi.
Unga ko‘ra:
- Vazirlar Mahkamasi mas’ul davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, seysmik xavf darajasini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni nazorat qiladi.
Seysmik xavfsizlikni ta’minlash obyektlari ahamiyatiga ko‘ra 4 ta toifaga bo‘linmoqda:
xavflilik omili past (I toifa, vaqtincha pavilonlar, kioskalar, omborlar v.b.);
o‘rta (II, yakka tartibdagi uy-joylar (3 qavatgacha), oromgohlar, umumiy ovqatlanish v.b.);
yuqori (III, ko‘priklar, tonnellar, yo‘l o‘tkazgichlar, o‘rta va ko‘p qavatli (3 va undan yuqori) uylar hamda mehmonxonalar, ta’lim muassasalari v.b.);
o‘ta yuqori (IV, suv omborlari to‘g‘onlari, GESlar, mudofaa obyektlari, radiaktiv moddalarni saqlash, tozalash va ko‘mish obyektlari v.b.);
Kuchli zilzilalar natijasida zarar ko‘rgan obyektlarni tiklash Davlat budjeti, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari va boshqa taqiqlanmagan manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.
Fuqarolarning seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi huquqlari va majburiyatlari belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur Qonun Oliy Majlis Senatining 31-iyul kungi XVII yalpi majlisida ma’qullangan edi.
Yangiliklar lentasi
0