Qo‘qonlik bloger Iqbol Komiljonov o‘limi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi - BP

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, tanqidiy materiallari bilan tanilgan qo‘qonlik bloger zaharlangan va shifoxonada komada holatida yotgan
TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Qo‘qonlik bloger, Facebookdagi "Qo‘qonjonim" guruhining asosiy ma’murlaridan biri Iqbol Komiljonov 15-sentabr kuni vafot etdi.
Bu haqda Farg‘ona viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Husan Mamajonov ma’lum qildi.
"8 kundan beri kasallik bilan kurashishimizga qaramasdan, „Qo‘qonjonim“ guruhi mualliflaridan biri Iqboljon Komiljonov vafot etdi. Hozirgi kundagi barcha diagnostik davolash ishlarini amalga oshirganimizga qaramasdan, afsuski, kasallik o‘z kuchini ko‘rsatib, vatandoshimiz vafot etdi", — dedi u.
Rassmotrenie xodataystva sledstviya ob areste A. Velichko v Cheremushkinskom sude - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2021
Mashinaga skotch bilan yopishtirilgan holda katta tezlikda shahar aylangan bloger hibsga olindi
Ta’kidlanishicha, Iqbol Komiljonov 7-sentabr kuni og‘ir ahvolda shifoxonaga kelishi bilan jonlantirish bo‘limiga olingan. Unga ikki tomonlama pnevmoniya, qandli diabetning 2-turi, yurak ishemik kasalligining ikkinchi turi hamda nafas va qon aylanish tizimining buzilishi tashxisi qo‘yilgan. U shifoxonada 8 kun davomida davolangan.
AOKAning viloyat boshqarmasi rahbari Shohidbek Aslonovning 11-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilishicha, Iqbol Komiljonovning fidoyiligi va samarali mehnati inobatga olinib, bloger "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30-yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, u "Eng ulug‘, eng aziz" an’anaviy tanlovining viloyat bosqichida "Eng faol ijtimoiy tarmoq guruhi administratori" deb topilgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov ma’lum qilishicha, bloger Iqbol Komiljonovning vafot etganligi holati yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Marhumning o‘lim sabablarini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Yangiliklar lentasi
0