Siyosat

SHHT va KXSHT sammitlari tufayli Dushanbeda xavfsizlik choralari kuchaytirildi

© Sputnik / Amir IsayevZdaniye MID Tadjikistana
Zdaniye MID Tadjikistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Politsiya patrullari va postlar poytaxtning muhim obʼyektlarida navbatchilik olib borishmoqda
TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Tojikiston huquqni muhofaza qilish organlari Dushanbeda tunu-kun navbatchilik ishlarini olib borishmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.
Xavfsizlik choralarining kuchaytirilishi poytaxtda SHHT va KXSHT sammitlari oʻtkazilishi bilan bogʻliq.
Xabarda aytilishicha, militsiya xodimlari strategik muhim obʼyektlarni va tadbirlar oʻtkaziladigan manzillarni qoʻriqlashmoqda. Jumladan, aeroport, mehmonxonalar va hukumat kortejlari harakatlanadigan yoʻnalishlarda ham navbatchiliklar tashkil etilgan.
Shavkat Mirziyoyev na trape samolyota - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Siyosat
Mirziyoyev SHHTning 20 yillik yubiley sammitida ishtirok etadi
Yangi kuchaytirilgan tartib oliy martabali mehmonlarning kelishi oldidan yoʻlga qoʻyilgan.
Dushanbeda jamoat tartibini saqlash ishlarini militsiya patrullari taʼminlamoqda, shuningdek, xizmat itlaridan ham foydalanilmoqda.
Shaharga kiraverishda DAN postlari kuchaytirilgan, poytaxtga kirib keluvchilar tekshiruvdan oʻtkazilmoqda.
Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yubiley majlisi 16-17 sentyabr kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti – Dushanbe shahrida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon raisligida oʻtkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala