Toshkentda haydovchiga tilini chiqarib, sigaret chekkan YPX xodimi ishdan olindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina DPS
Mashina DPS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Obuna bo‘lish
Internetda "Toshkentda uyqudagi GAI" sarlavhasi ostida video tarqaldi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqda "Toshkentda uyqudagi GAI" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligi bo‘yicha ma’lumot berilgan edi.
Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Qo‘qonlik bloger Iqbol Komiljonov o‘limi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi - BP
O‘tkazilgan xizmat tekshiruviga ko‘ra, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi A.Jo‘raqulov xizmat faoliyati davomida intizomiy jazolanganligi, yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazilganligiga qaramasdan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay, xizmat davomida turli nomaqbul harakatlari, mas’uliyatsizligi sabab Ichki ishlar vazirining ayrim meyoriy buyrug‘i talablarini buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan "Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom"ning 144-bandi, "k" kichik bandiga (ichki ishlar organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi) muvofiq muvofiq ichki ishlar organlaridan bo‘shatilishi haqida qaror qilingan.
Shuningdek, ushbu xodimning bevosita komandirlari intizomiy jazolanishi bo‘yicha xulosa qilingan.
Yangiliklar lentasi
0