Hodisalar

Toshkentda oʻn nafar “Hizb ut-Tahrir”* aʼzolari qoʻlga olindi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovV naruchnikax
V naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Ushlangan bu shaxslarning barchasi muqaddam mazkur tashkilot safida sodir etgan jinoyati uchun qamalib chiqqani aniqlangan.
TOSHKENT, 16 sen – Sputnik. Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi 10 nafar “Hizb ut-Tahrir”* diniy ekstremistik tashkiloti aʼzolarining jinoiy faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
15 sentyabr kuni oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda ushlangan bu shaxslarning barchasi muqaddam mazkur tashkilot safida sodir etgan jinoyati uchun jazo muddatini oʻtab chiqqani aniqlangan.
Xabarda keltirilishicha, ular internet orqali xorijda yashirinib kelayotgan “Hizb ut-Tahrir”* aʼzolari bilan aloqa qilib, ularning koʻrsatmalari asosida aholi orasida tashkilot gʻoyalarini targʻib qilish va tarafdorlari safini kengaytirish bilan shugʻullanib kelgan.
Goroda mira. Djidda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.09.2021
Hodisalar
“Hizb-ut Tahrir”*ga aʼzo boʻlgan 29 nafar ayol qoʻlga olindi
Mazkur shaxslarning yashash manzillari va uyali aloqa vositalarida tashkilotga tegishli boʻlgan adabiyotlar va materiallar mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olib qoʻyilgan.
Hozirda ularning noqonuniy xatti-harakatlariga huquqiy baho berish va javobgarlikka tortish maqsadida, tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
* Taqiqlangan ekstremistik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader