Jamiyat

Ertaga Butunjahon tozalik kuniga bagʻishlangan eko-aktsiya boʻlib oʻtadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovJenщina podmetayet ulitsu
Jenщina podmetayet ulitsu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.09.2021
Eko-aktsiyalar doirasida tozalik, ozodalik va pokizalikka oʻz hissasini qoʻshayotgan soha vakillari taqdirlanadi.
TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Ertaga "Butunjahon tozalik kuni" munosabati bilan Oʻzbekistonning barcha hududlarida qator ekologik tadbirlar boʻlib oʻtadi. Bu haqda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi vakili Sputnik muxbiriga xabar berdi.
Jumladan, 18 sentyabr “Butunjahon tozalik kuni” (“World Clean up Day 2021”) munosabati bilan “Biz senga befarq emasmiz – ONA TABIAT!” nomi ostida eʼlon qilingan fotosurʼatlar tanlovi oʻz gʻoliblarini aniqlab taqdirlov marosimlari boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekistonda 11-12 mart kunlari umumxalq xayriya xashari sifatida eʼlon qilindi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2017
Foto
Umumxalq xashari: Oʻzbekiston Navroʻzga tayyorgarlik koʻrmoqda
Aktsiya doirasida hududlardagi turli xildagi chiqindilarni tozalash hamda daraxtlarni sugʻorish va parvarishlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Aktsiya oʻtkazishga masʼul tashkilotlar tibbiy niqoblar, ish vositalari, qolqop, chiqindi yigʻish uchun maxsus qoplar hamda futbolka va maxsus kiyimlar taqdim etadi.
Shuningdek, obodonlashtirish boshqarmalarida samarali mehnat qilib, tongni qarshi olib erta saxardan koʻchalarni tozaligiga oʻz xissalarini qoʻshib kelayotgan farrosh ayollarni hamda Maxsustrans xodimlarini taqdirlash marosimlarini oʻtkazish koʻzda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala