Hodisalar

Oʻttiz bir fuqaroni imtiyozli uy olib berishga ishontirgan firibgarlar guruhi qoʻlga tushdi

© Sputnik / Aleksey MayshevStroitelstvo domov
Stroitelstvo domov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.09.2021
Jumladan, jinoiy guruh 31 nafar fuqaroning 25 ming AQSH dollari va 291 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.
TOSHKENT, 17 sen - Sputnik. Imtiyozli shartlar asosida fuqarolarga xonadon olib berishni vaʼda qilgan MCHJ rahbari va boshqalarning kirdikorlari fosh boʻldi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Mashina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
Hodisalar
Zarar 5,3 mlrd soʻm: Toshkentda firibgarlar ijaraga olingan mashinalarni sotib yubordi
Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, MCHJ rahbari U.G., yordamchisi R.D. va boshqalar turli xil tadbirlar oʻtkazish yoʻli bilan fuqarolarning ishonchini suiisteʼmol qilib, goʻyoki ular rahbarlik qilayotgan MCHJ orqali koʻp qavatli turar-joy binosini qurishda ulushli ishtirok etish toʻgʻrisida “fiktiv” shartnomalar tuzib, xonadonlarni imtiyozli shartlar asosida olib berishni vaʼda qilgani aniqlangan.
Jumladan, jinoiy guruh 31 nafar fuqaroning 25 ming AQSH dollari va 291 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader