Migratsiya

Oʻzbekiston MDHda aholi bandligiga doir bitimni birinchi boʻlib tasdiqladi

© Press-slujba prezidenta KR / Sultan Dosaliyev Flagi gosudarstv SNG. Arxivnoye foto
Flagi gosudarstv SNG. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.09.2021
Oʻzbekiston MDH davlatlari orasida mehnat migratsiyasini tartibga solish va aholi bandligini taʼminlashni samarali yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi xalqaro bitimni imzoladi.
TOSHKENT, 17 sen - Sputnik. Oʻzbekiston birinchi boʻlib, MDH davlatlari orasida aholi bandligiga koʻmaklashish toʻgʻrisidagi bitimni imzoladi, deb xabar qilmoqda Mehnat vazirligi.
Ushbu haqidagi prezident qarori 2021 yil 16 sentyabr kuni imzolandi. Unga muvofiq Oʻzbekiston mehnat migratsiyasini tartibga solish, norasmiy bandlikni qisqartirish boʻyicha MDH davlatlari bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi.
Shartnomaga muvofiq aholi bandligini taʼminlovchi axborot portallarini integratsiya qilish orqali MDH mehnat bozoridagi mavjud ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlarni muntazam yangilab boriladi.
MDH davlatlarida bandlikka koʻmaklashish va hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi bitim 2021 yilning 28 may kuni Minsk shahrida MDH Hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangan edi.
Hozirgi globallashuv jarayonida, MDH davlatlari bilan mehnat va bandlik sohasida hamkorlikni kengaytirish Oʻzbekiston fuqarolarining davlatlararo erkin harakatlanishini hamda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqlarini taʼminlaydi. Bitim MDH davlatlari va Oʻzbekiston munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun xizmat qiladi, deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala