Iqtisod

Oʻzbekistonga joʻnatilayotgan pul oʻtkazmalari oshdi - Markaziy bank

© Sputnik / Vladimir TrefilovDenejnыe kupyurы
Denejnыe kupyurы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.09.2021
2021 yilda Oʻzbekistonga kelib tushayotgan pul oʻtkazmalari miqdori 2020 yilga nisbatan 35%, 2019 yilga nisbatan 26 %ga oshdi - Markaziy bank
TOSHKENT, 17 sen - Sputnik. Ushbu yilning yanvar - avgust oylari davomida xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekistonga jami 4,9 mlrd. AQSH dollari oʻtkazildi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Markaziy banki.
Bu oʻtgan yilning mos davrida amalga oshirilgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi dan 35%ga koʻp. 2020 yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga jami 3,6 mlrd. AQSH dollari oʻtkazilgan edi.
Xabarda aytilishiga koʻra, bu yilgi koʻrsatgich pandemiya boʻlmagan 2019 yilga nisbatan ham 26% koʻp boʻlgan. 2019 yilning yanvar - avgust oylarida Oʻzbekistonga 3,9 mlrd. AQSH dollari miqdorida pul oʻtkazmalari kelgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala