Analitika

SHHT 20-yillik sammitining asosiy mavzulari

© Fotoxost-agentstvo sco-russia2020.ru / Fotobankka oʻtishSoveщaniye predsedateley verxovnыx sudov gosudarstv-chlenov SHOS
Soveщaniye predsedateley verxovnыx sudov gosudarstv-chlenov SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.09.2021
Pandemiyaiya oqibatlari, Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish, va yangi dekada rejalari - Shanxay hamkorligi tashkilotining 21-sammitida muhokama qilinadigan mavzular.
TOSHKENT, 17 sen - Sputnik. Oʻtgan yilgi sammit pandemiya tufayli toʻliq videokonferentsiya shaklida oʻtgan edi. Bu yilgi sammit esa oflayn shaklda boʻlib oʻtmoqda. Unda ishtirok etish uchun koʻplab davlat rahbarlari hamda nufuzli tashkilot vakillari Dushanbedaga tashrif buyurishgan.
Rossiya, Xitoy, Hindiston va Moʻgʻuliston rahbarlari hamda BMT bosh kotibi sammitda onlayn ishtirok etishlarini eʼlon qilishgan.
Bugun Dushanbe koʻrki yanada ochilgan: sammit oldidan minglab gullar ekilib, mehmonlarni qutlovchi bannerlar joylashtirilgan. Poytaxtda misli koʻrilmagan xavfsizlik choralari koʻrilgan. “Koxi Navroʻz” qarorgohi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti oʻtkaziladigan anʼanaviy joyga aylandi. Bu yil tadbir saroyning eng goʻzal zallaridan biri “Zarandud”da boʻlib oʻtadi. Uchrashuv Rahmon tomonidan sammitda ishtirok etayotgan davlat rahbarlari sharafiga rasmiy ziyofat bilan yakunlanadi.
Live: 21-y sammit SHOS v Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.09.2021
Video
Dushanbeda SHHT sammiti: onlayn translyatsiya
Pandemiya – SHHT kun tartibidagi sammitining asosiy mavzularidan biriga aylanadi. SHHT rahbarlari koronavirus oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha birgalikdagi qanday choralar koʻrish mumkinligi muhokama qilishadi.
Afgʻoniston. AQSH operatsiyasi tugagandan soʻng, Tolibon* radikal harakati hokimiyatni qoʻlga kiritdi va Afgʻonistondagi vaziyat keskin yomonlashdi. Gap nafaqat urush va yuzlab qurbonlar haqida, balkim mamlakatning iqtisodiy va gumanitar falokat yoqasiga kelib qolgani haqida ketmoqda.
SHHTda kuzatuvchi davlatlardan biri boʻlgan Afgʻoniston bir vaqtning oʻzida ittifoqning bir qancha davlatlari bilan chegaradosh. Bugungi vaziyatda SHHTning Afgʻonistonda vaziyatni normallashtirishdagi oʻrni sezilarli darajada oshgan.
Bundan tashqari, Afgʻonistonda vaziyat oʻzgarishi giyohvand moddalar, noqonuniy migratsiya, diniy ekstremizm kabi xavfli illatlar SHHT hududiga ham tarqalishi xavfi mavjud.
Dushanbe sammiti Shanxay hamkorligi tashkilotining 20-yilligida oʻtkazilmoqda. Ushbu munosabat bilan, bugungi sammitda tashkilotning 20 yillik faoliyati natijalari, hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari ham muhokama qilinadi.
Kun tartibida yangi kuzatuvchi davlatlarni qabul qilishi, Eronni SHHTga toʻliq aʼzolikka kiritish jarayonini boshlash kutilmoqda. Shunday qilib, tashkilotga aʼzo davlatlar soni toʻqqiztaga yetishi mumkin. Misr, Qatar va Saudiya Arabistoniga “muloqot sherigi” maqomi berilishi mumkin.
Sammit yakunida - "Dushanbe deklaratsiyasi" qabul qilinishi rejalashtirilgan. Unda SHHTning yigirma yillik faoliyati natijalari sarhisob qilinadi. Hujjat aʼzo davlatlarning mintaqaviy va global masalalar boʻyicha baholari va pozitsiyasini aks ettiradi, shuningdek, tashkilotning yaqin kelajakdagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi.
Bundan tashqari, uchta "yovuz kuch" (terrorizm, separatizm va ekstremizm) ga qarshi kurashish, xalqaro axborot xavfsizligini taʼminlash, giyohvandlikka qarshi strategiyani amalga oshirish, SHHT makonida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish boʻyicha qator hujjatlarini tasdiqlash rejalashtirilgan.
Pandemiyaning salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar rejasi, SHHT iqtisodiy forumi kontseptsiyasi va tashkilotning "Yashil kamar" dasturi tasdiqlanishi kutilmoqda. Oziq -ovqat xavfsizligi toʻgʻrisida bayonot qabul qilish ham rejalashtirilgan.
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.09.2021
Dunyoda
Tojikcha mehmonnavozlik: Rahmon SHHT va KXSHT yetakchilari uchun yorqin kecha tashkillashtirdi
Shuningdek, XXR nomzodini tashkilotning bosh kotibi lavozimiga va Oʻzbekiston nomzodini SHHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (RATS) ijroiya qoʻmitasi direktori lavozimiga tasdiqlashi kutilmoqda.
Uchrashuvning yakuniy qismida SHHT madhiyasi ilk bor jaranglaydi. Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Dushanbedagi sammiti Tojikiston tomonining raisligini yakunlaydi, soʻngra raislik Oʻzbekistonga oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, SHHT deklaratsiyasi 2001 yilda Shanxayda Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Tojikiston va Oʻzbekiston tomonidan tashkil qilingan edi. 2017 yilda tashkilotga Hindiston va Pokiston toʻliq aʼzo boʻlishdi. Afgʻoniston, Belorussiya, Eron va Moʻgʻuliston SHHTda kuzatuvchi maqomiga ega. Shuningdek 6ta davlat “muloqot sherigi” maqomida (Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka). Turkmaniston prezidenti Gurbangulы Berdыmuxamedov SHHT sammitining humatli mehmoni boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader