Hodisalar

Toshkentda yana 12 nafar “Hizb-ut tahrirchi”* ushlandi

Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.09.2021
“Tahrirchilar”ning barchasi 1980 y.t. Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi “R.U.”ning gʻoyaviy taʼsiri ostida ekstremistik faoliyat bilan shugʻullanib kelgan.
TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. 17 sentyabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan Toshkent shahrining Olmazor, Uchtepa, Yashnobod va Yunusobod tumanlarida istiqomat qiluvchi 12 nafar “Hizb-ut Tahrir”* diniy ekstremistik tashkiloti aʼzolarining jinoiy faoliyatiga chek qoʻyishga qaratilgan tezkor tadbirlar oʻtkazilib, gumonlanuvchilar ushlandi va qamoqqa olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
V naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Hodisalar
Toshkentda oʻn nafar “Hizb ut-Tahrir”* aʼzolari qoʻlga olindi
Ushlangan “Tahrirchilar”ning barchasi 1980 y.t. Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi “R.U.”ning gʻoyaviy taʼsiri ostida ekstremistik faoliyat bilan shugʻullanib kelganlar.
“R.U.” va uning jinoiy aloqalari internet ijtimoiy tarmogʻi orqali Ukraina davlatida yashirinib kelayotgan 1980 yilda Qirgʻiziston Respublikasida tugʻilgan, “Maxmud Abdulmoʻmin” taxallusli – Xoldarov Maxmudjon Abdumalikovich bilan aloqa oʻrnatib, uning maʼruzalari va “Hizb-ut Tahrir” ekstremistik tashkiloti materiallarini aholi orasida tarqatish hamda uning koʻrsatmalari asosida “tahrirchilar” safiga yangi aʼzolarni yollash bilan shugʻullanib kelganlar. Shuningdek, ular respublikada “Xalifalik” davlatini qurish toʻgʻrisidagi gʻoyalarni doimiy ravishda targʻib qilishgan.
Goroda mira. Djidda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.09.2021
Hodisalar
“Hizb-ut Tahrir”*ga aʼzo boʻlgan 29 nafar ayol qoʻlga olindi
Mazkur shaxslarning yashash manzillarida va uyali aloqa vositalarida “Hizb-ut Tahrir” diniy ekstremistik tashkilotining adabiyotlari va materiallari mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda ularning noqonuniy xatti-harakatlariga huquqiy baho berish va javobgarlikka tortish maqsadida tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Ichki ishlar vazirligi Sizlarni ogohlantiradi. “Hizb-ut Tahrir” diniy ekstremistik tashkiloti safida faoliyat qilish, gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, shu bilan birga “Maxmud Abdulmoʻmin” taxallusi bilan yoʻgʻrilgan maʼruza va materiallarni saqlash hamda tarqatish jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab boʻladi.
Eslati oʻtamiz, kuni kecha Olmazor umanida yashovchi 10 nafar “Hizb ut-Tahrir”* diniy ekstremistik tashkiloti aʼzolarining jinoiy faoliyatiga chek qoʻyilgandi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader