Xalqning davlatga ishonchini vaksinalash jarayoni ko‘rsatdi - adliya vaziri

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovRuslanbek Davletov
Ruslanbek Davletov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2021
Obuna bo‘lish
JSST mutaxassislari aytishiga ko‘ra, aholining 70% emlanganidan so‘ng pandemiya to‘xtashi mumkin.
TOShKENT, 17 sen - Sputnik. Vaksinalash jarayoni xalqning davlatga ishonchini ham ko‘rsatdi, dedi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov TDUU o‘qituvchilari bilan bo‘lgan uchrashuv chog‘ida.
"Xalqning davlat organlariga ishonchi naqadar muhimligini vaksinatsiya jarayonida ko‘rdik. Qayerda, qaysi mamlakatda davlatga xalqning ishonchi yuqori bo‘lsa, vaksinatsiya darajasi shuncha yuqori bo‘lyapti – bular o‘zaro to‘g‘ri proporsional", - dedi vazir.
Ruslanbek Davletov aytishiga ko‘ra, O‘zbekistonda ham vaksinalash jarayoni ko‘ngildagidek emas, chunki vatsina xorijiy mamlakatlar bilan bir xil bo‘lsa-da, odamlar orasida ishonchsizlik bor.
Ma’lumot uchun, Xitoy yaqinda 1 milliard aholsini to‘liq vaksinalanganini ma’lum qildi. Bu ushbu mamlakat aholisining 70%ini tashkil qiladi. Rossiya, dunyoda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi vaksina yaratgan bo‘lsa-da, aholini emlash darajasi nisbatan sust olib borilmoqda - 17-sentabr holatiga 40 mln kishi (28% )to‘liq emlangan.
O‘zbekistonda 7-sentabr holatiga 9,7 mln. kishi COVID-19ga qarshi vaksinaning kamida birinchi dozasini olgan. Bu jami emlanuvchilarning 45,4 %ini tashkil qiladi.
"Ijtimoy fikr" respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 53,2 % emlashga tayyorligini ko‘rsatgan, 36,5 % emlashdan voz kechgan va 10,3 % esa hali bir to‘xtamga kelmagan.
Yangiliklar lentasi
0