Jamiyat

Jahon banki Markaziy Osiyoda ommaviy migratsiyani bashorat qildi

© Sputnik / Utarbekov / Fotobankka oʻtishFerganskaya dolina v Uzbekistan
Ferganskaya dolina v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.09.2021
Jahon banki hisobotiga koʻra, iqlim oʻzgarishi tufayli qariyb 2,5 million aholi yashash joylarini tark etishga majbur boʻladi.
TOSHKENT, 18 sen — Sputnik. Jahon bankining Groundswell hisobotida aytilishicha, iqlim oʻzgarishi tufayli qariyb 2,5 million aholi yashash joylarini tark etib, oʻz mamlakatlarining boshqa qismlariga koʻchishga toʻgʻri keladi.
2050 yilga kelib Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropada 5,1 milliongacha "iqlim" migrantlari (umumiy prognoz qilingan aholining 2,3%) paydo boʻlishi mumkin. Pessimistik stsenariyga koʻra, ulardan 2,4 milliongacha Markaziy Osiyo davlatlarida yashaydi.
Mujchina neset produktы dalnoboyщikam - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2020
Dunyoda
Markaziy Osiyo: olimlar dahshatli iqlim falokati haqida ogohlantirishdi
Prognozlarga koʻra, "iqlim" migrantlar oqimi zonalari Toshkent atrofidagi yerlar, Fargʻona vodiysi va Tojikiston janubidagi pasttekisliklar, shu jumladan Dushanbe va Qozogʻiston shimolidagi shaharlar - Nur-Sulton, Qaragʻan, Kostanay boʻlishi mumkin.
Bu versiya Markaziy Osiyoning bu qismlarida suv taʼminoti va ekinlar hosildorligining kutilayotgan oʻsishi bilan bogʻliq.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Fargʻona vodiysi va Tojikistonga tutash hududlar, shuningdek Qozogʻistonning janubiy chegarasi va Bishkek atrofidagi hududlar "iqlim" migrantlar boradigan joy boʻlishi mumkinligi hisobotda qayd etilgan. Bu Markaziy Osiyoning ushbu mintaqalarida suv mavjudligi va ekinlar hosildorligining pasayishi bilan bogʻliq.
Amudaryo boʻyida joylashgan Oʻzbekiston janubi va Sharqiy Turkmanistonning kichikroq hududlari ham "iqlim" migrantlar uchun potentsial chiqib ketish zonalari sifatida koʻrilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala