O‘zbekiston xalq artisti Shuhrat Ergashev vafot etdi

© Facebook / Shuxrat IrgashevNarodniy artist Uzbekistana, rejisser, izvestniy akter Shuxrat Irgashev
Narodniy artist Uzbekistana, rejisser, izvestniy akter Shuxrat Irgashev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston xalq artisti, aktor Shuhrat Ergashev vafot etdi.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti, aktor Shuhrat Ergashev vafot etdi.
Shuhrat Ergashev 1945-yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1968-yilda Toshkent teatr va rassomchilik institutining aktorlik fakultetini tamomlagan. Toshkent davlat akademik rus drama teatrida aktor sifatida ishlagan.
1970 yildan "O‘zbekfilm" kinostudiyasida ish boshlagan. U kino aktori sifatida Elor Eshmuhammedovning "Noziklik" (1966) filmida debut qilgan.
Kadr iz kinofilma Beloe solnse pustini (rejisser Vladimir Motil). Kaxi Kavsadze v roli Abdulli (sprava), - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
“Cho‘lning oq quyoshi” filmida Abdulla rolini o‘ynagan mashhur aktor vafot etdi
Faoliyati davomida o‘ttizdan ortiq filmlarda rol o‘ynagan: "Dilorom" (Moni), "Qo‘mondonning qaytishi" (Mauser), "U yolg‘iz emasdi" (Akbarov), "Qora konsulning o‘limi" (Jamol Ubaydulla), "Semurg‘" (Sherzod), "Bu yaxshi yigit" (Timur), "Men senga shahar beraman" (haydovchi), "Uchrashuvlar va ajralishlar" (Shuhrat), "Shumbola"(kinochi), "Ilk yo‘lovchilar" (Akbarov) va shular jumlasidan.
1990-yillarda Shuhrat Ergashev aktorlik bilan bir qatorda produserlik ishlari bilan ham tanildi. Shu davrdan boshlab u Rossiyada suratga olinayotgan ko‘plab seriallar va filmlarda suratga tushdi. “Boyes”, “Psevdonim “Albanes”, “Znaxar”, “Mech”, “Visoskiy. Spasibo, chto jivoy” va “Kuba” uning oxirgi filmlaridan.
1989 yilda Shuhrat Ergashevga O‘zbekiston Xalq artisti unvoni berilgan.
Yangiliklar lentasi
0