Jamiyat

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida mustaqil hamshiralik bilan shugʻullanishga ruxsat beriladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishChempionat WorldSkills Kazan 2019
Chempionat WorldSkills Kazan 2019 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.09.2021
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida “hamshiralik ishi” faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
TOSHKENT, 18 sen — Sputnik. Hukumat qarori bilan Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida “hamshiralik ishi” faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida “hamshiralik ishi” faoliyati bilan shugʻullanishga oʻrta tibbiy (hamshiralik ishi, davolash ishi, akusherlik ishi) yoki oliy hamshiralik ishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan, davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkilotida ishlamaydigan shaxslarga (hamshira) ruxsat beriladi.
Pamyatnik osnovopolojniku voyenno-polevoy xirurgii Nikolayu Ivanovichu Pirogovu v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Jamiyat
Toshkentda Rossiya tibbiyot universiteti filiali ochiladi
Buning uchun hamshira maxsus mobil ilova yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yoxud davlat soliq xizmati organiga kelgan holda roʻyxatdan oʻtadi.
Hamshiraga maʼlumotnoma rasmiylashtirilib, shu asosda Sogʻliqni saqlash vazirligining axborot dasturida roʻyxatdan oʻtadi hamda mustaqil hamshira sifatida faoliyatini boshlaydi.
Mustaqil hamshira axborot dasturida maʼlumotlarni bevosita oʻzi kiritishi yoki tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalariga kelgan holda axborot dasturida roʻyxatdan oʻtishi mumkin.
Ekspress-testirovaniye na COVID-19 v aeroportu Vnukovo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2021
Migratsiya
Mehnat migrantlarini PTSR testidan oʻtkazish boʻyicha tibbiyot muassasalari tanlab olindi
Bunda malaka toʻgʻrisidagi sertifikat boʻlishi talab etiladi, mustaqil hamshira taʼlim tashkilotini tugatganiga 3 yil boʻlmagan taqdirda ushbu sertifikat talab etilmaydi.
Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng mazkur faoliyat bilan shugʻullanish imkonini beruvchi guvohnoma avtomatik tarzda rasmiylashtiriladi.
Guvohnoma cheklanmagan muddatga berilib, uni rasmiylashtirishda haq undirilmaydi.
Nizomga koʻra, mustaqil hamshiraning shifokor koʻrsatmasisiz hamda uning tavsiyasi asosida aholiga mustaqil tibbiy maslahat va muolajalarni bajarish boʻyicha huquqlari belgilandi.
Shuningdek, mustaqil hamshiraga sterilizatsiya qilinishi talab etiladigan tibbiy buyumlardan foydalangan holda aholiga tibbiy muolajalarini bajarishiga, dori vositalari qabul qilishda nojoʻya taʼsir holatini aniqlash maqsadida qoʻyilgan sinama holatini baholashga ruxsat etilmaydi.
Mustaqil hamshira faoliyatni amalga oshirishdagi harakatlari (harakatsizligi) uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala