Piyoda eng ko‘p yurganlarga pul to‘lash to‘xtatildi - sabab

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova"Ya vlyubilas v etot marafon kak raz za to, chto ti realno uvidish ves Tashkent, uvidish vsyu krasotu, i eto ochen zdorovo", — govorit uchastnitsa marafona.
Ya vlyubilas v etot marafon kak raz za to, chto ti realno uvidish ves Tashkent, uvidish vsyu krasotu, i eto ochen zdorovo, — govorit uchastnitsa marafona. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2021
Obuna bo‘lish
1hls.uz mobil ilovasi po‘l to‘lash vaqtincha to‘xtatildi.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Turizm va sport vazirligi 14-sentabrdan boshlab 1hls.uz mobil ilova bo‘yicha foydalanuvchilarga to‘lovlar vaqtincha to‘xtatilganligini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish bo‘yicha “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi, ya’ni www.1hls.uz veb-sahifasi hamda mobil ilovasi ishga tushirilgandi.
Uchastnitsa marafona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2021
Iyun oyida eng ko‘p yurganlarga qariyb 69 mln so‘m to‘lab berildi
10 iyundan 13-sentabrga qadar bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 yosh va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston fuqarolarining platformadagi elektron hamoniga jami 9,4 mlrd. so‘m mablag‘lar to‘lab berildi.
Shuningdek, har oyda har bir tuman (shahar) bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 300 ming so‘mdan, har bir hudud bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 500 ming so‘m, respublika bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga qo‘shimcha ravishda 1 mln. so‘m to‘lanib, joriy yil iyun-avgust oylari davomida jami 206,7 mln. so‘m mablag‘ foydalanuvchilar elektron hamoniga o‘tkazib berildi.
Beg, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2021
O‘zbekistonda 10 ming qadam yurgan fuqarolarga pul to‘lash boshlanadi
Turizm va sport vazirligining Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga tushadigan tegishli daromadlar manbalarining bir meyorda doimiy tushish imkoniyati cheklanganligini inobatga olib, mazkur shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida 500,0 mln. so‘mdan kam mablag‘ qolsa, mobil ilova bo‘yicha foydalanuvchilarga to‘lovlar, ushbu shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida 5,0 mlrd. so‘mgacha mablag‘ yig‘ilgunga qadar avtomatik tarzda to‘xtatilishi belgilab qo‘yilgan.
Bunda, shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘lar 5,0 mlrd. so‘mga yetgunga qadar mobil ilovada o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan fuqarolarga to‘lanadigan to‘lovlar to‘lanmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Vazirlik 14-sentabrdan boshlab mobil ilova bo‘yicha foydalanuvchilarga to‘lovlar vaqtincha to‘xtatilganligini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0