PPX xodimlariga tan jarohati yetkazgan fuqarolarga jinoyat ishi ochildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMilitsiya
Militsiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2021
Obuna bo‘lish
Qashqadaryo viloyat IIB PPX xodimlari va fuqarolar o‘rtasida yuz bergan janjal yuzasidan ma’lumot berdi.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Qashqadaryo viloyat IIB Qarshi shahrining markaziy ko‘chasida PPX xodimlari va fuqarolar o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan ma’lumot berdi.
16 sentabr kuni Koson tumani Boyterak qishlog‘ida yashovchi fuqarolar N.A. va N.A. Qarshi shahar Neftchilar mahallasida yashovchi tanishi H.F. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilishib, mast holatda shu kuni soat 22-30 larda Qarshi shahrida joylashgan “Yashil bozor” supermarketi yonida bir-birlarini uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan.
Yon atrofdagi fuqarolarni tinchligini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan o‘zaro janjal qilgan.
Shu vaqtda Qarshi shahar “Paxtazor” mahallasi hududi bo‘ylab xizmatga biriktirilgan IIB PPX va JTSB PPXB xodimlari B.Rasulov, F.Ro‘ziqulov va D.Nurmatovlar ularning yoniga kelib, o‘rtalarida kelib chiqqan janjalni to‘xtatib, jamoat tartibini saqlash va ularning shaxsiga oydinlik kiritish maqsadida Qarshi shahar IIO FMB binosiga borishni taklif qilgan.
Migalka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2021
Qarshida 3 nafar fuqaro PPX xodimlari bilan janjallashdi - video
Shunda ular xodimlarni turli uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan bo‘yin qismidan bo‘g‘ib, yerga yiqitib, ularga turli darajada tan jarohati yetkazib, o‘zini xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qilgan.
Holat yuzasidan JKning 219-moddasi 2-qismi va 277-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.A, N.A.lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilindi hamda himoya huquqi bilan ta’minlanib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi.
Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0