"Sog‘lom turmush tarzi" platformasi: Turizm va sport vazirligi rasmiy munosabat bildirdi

Uchastniki zabega - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2021
Obuna bo‘lish
Turizm va sport vazirligi "Sog‘lom turmush tarzi" platformasi ishlashda davom etishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Turizm va sport vazirligi "Sog‘lom turmush tarzi" platformasi ishlashda davom etishini ma’lum qildi.
“Turizm va sport vazirligining sport yo‘nalishidagi saytida 1hls.uz mobil ilovasi foydalanuvchilariga pul to‘lash vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar berildi, biroq axborot xizmati xodimi maqolada asossiz va tasdiqlanmagan ma’lumot bergani bois aholi orasida bu borada tushunmovchilik paydo bo‘lgan.
Ta’kidlash joizki, "Sog‘lom turmush tarzi" platformasi 1hls.uz veb-sahifasi davlatimiz rahbarining "Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 6099-sonli farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining "Sog‘lom turmush tarzi" platformasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 253-sonli qaroriga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan.
Ya vlyubilas v etot marafon kak raz za to, chto ti realno uvidish ves Tashkent, uvidish vsyu krasotu, i eto ochen zdorovo, — govorit uchastnitsa marafona. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2021
Piyoda eng ko‘p yurganlarga pul to‘lash to‘xtatildi - sabab
Mazkur platforma bo‘yicha joriy yil 10-iyundan 13-sentabrga qadar bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 yosh va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining platformadagi elektron hamoniga jami 9,4 mlrd so‘m mablag‘lar to‘lab berildi.
Shu bilan birga, har oyda har bir tuman (shahar) bo‘yicha eng ko‘p piyoda yurgan shaxsga - 300 ming so‘mdan, har bir hudud bo‘yicha eng ko‘p piyoda yurgan shaxsga - 500 ming so‘m, respublika bo‘yicha eng ko‘p piyoda yurgan shaxsga qo‘shimcha ravishda 1 mln so‘m mablag‘ foydalanuvchilarning elektron hamoniga o‘tkazib berildi. Joriy yilning iyun-avgust oylari davomida esa jami 206,7 mln so‘m mablag‘ foydalanuvchilar elektron hamoniga o‘tkazib berildi.
Beg, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2021
O‘zbekistonda 10 ming qadam yurgan fuqarolarga pul to‘lash boshlanadi
Hozirgi pandemiya davrida aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda unga rioya qilish juda muhim. Platformaga oid xabarning OAV va aholi orasida bu qadar keng tarqalishi unga bo‘lgan qiziqishning yuqori ekanini va platforma yaratish qarori qanchalik to‘g‘ri bo‘lganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Shunday ekan, Turizm va sport vazirligi axborot xizmati mazkur xabarni yetkazishda xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun uzr so‘ragan holda, "Sog‘lom turmush tarzi" platformasi ishlashda davom etishini ma’lum qiladi. OAV vakillari va aholini chalg‘ituvchi xabar bergan xodimga esa tegishli ogohlantirish berilganini ma’lum qiladi”, - deyilgan vazirlik bayonotida.
Yangiliklar lentasi
0