Kolumnistlar

Urush boshlamasin tagʻin: AQSH prezidentidan yadro tugmachasini olib qoʻyishdi

© REUTERS / Kevin LamarquePrezident SSHA Djo Bayden na press-konferentsii po zaversheniyu sammita G7
Prezident SSHA Djo Bayden na press-konferentsii po zaversheniyu sammita G7  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.09.2021
Yanvar oyida legitim saylangan AQSH prezidenti amerika yadro qurollarini nazorat qilmagan. Mazkur olamshumul yangilikni taniqli tergovchi - yarim asr avval prezident Niksonga qarshi "Uotergeyt" ishlariga bosh boʻlgan Bob Vudvord olib chiqdi.
Jurnalistika olamining 78 yoshli oqsoqoli oʻzining "Tavakkal" ("Peril") nomli kitobida AQShning Birlashgan qoʻmita qoʻshma shtablari boshligʻi Mark Milli soʻzlaridan iqtibos keltirgan. Millining Vudvordga aytishicha, u 6 yanvar voqealaridan keyin, Tramp oʻz isteʼfosidan oldin allaqanday tartibsizliklarni keltirib chiqarishi mumkinligidan havotirga tushib, yadroviy zarba berish qarori algoritmini oʻzgartirgan.
Prezident SSHA Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Dunyoda
Bayden Avstraliya bosh vazirining ismini unutib qoʻydi
Tabiiyki, mavzu shu qadar "portlovchiki", Milli bu haqda gapirganda oʻta uzoqdan, ezop tilida gapiradi. Biroq, u nimaga qoʻl urganini tushunish qiyin emas. Amerika qonuniga koʻra, mamlakat prezidenti Yadroviy raketalarni uchirish toʻgʻrisida buyruq berishdan oldin, qoʻmondonlar bilan jumladan, AQShning Birlashgan qoʻmita qoʻshma shtablari boshliqlari Raisi bilan maslahatlashishi lozim. Harbiylar ovozi bunda muhim rol oʻynamaydi, ular faqat muhokama qilishlari mumkin. Biroq Milli mazkur yoʻnalishda Tramp tomonidan beriladigan har qanday buyruqlar birinchi boʻlib unga yetkazilishi lozimligi, nima qilish kerakligi haqida esa uning oʻzi qaror qabul qilishi haqida ofitserlarni ogohlantiradi.
Biroq bu ham kamlik qildi. Trampga hech narsa demasdan general Milli xitoylik hamkasbi Markaziy Harbiy Komissiya Birlashgan shtabi boshligʻi Li Tszochenga qoʻngʻiroq qilib, agar biror nima yuz beradigan boʻlsa, hayajonlanmasligini soʻragan. Aniqroq qilib aytadigan boʻlsak, shunday degan: "General Li, agar biz hujum qilmoqchi boʻlsak, sizga qoʻngʻiroq qilaman. Bu siz uchun syurpriz boʻlmaydi".
Hozir esa respublikachilar va demokratlar bu qoʻngʻiroq davlatga xiyonatmi yoki yoʻqligi ustida qizgʻin bahslashmoqdalar.
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Rossiya
Putin Afgʻonistondan AQSH qoʻshinlarining chiqarilishini qoraladi
Koʻpchilikning ovozi bu harakatni davlatga xiyonat deb tan olgan boʻlsada, biroq, oliy darajadagi AQSH hukumati boshqaruv tizimida hamma narsa shu qadar chigallashib ketganki, demokratlar: "siz tushunmayapsiz, bu boshqa narsa!" — deya baqirishmoqda va koʻpchilik ularga ishonmoqda ham.
Bayden kelishi bilan vaziyat yaxshilandimi? Hech narsa oʻzgarmadi. AQSH Bosh qoʻmondonini Afgʻoniston haqida savollar berish uchun Kongressga taklif qilishdi, xolos. Biroq, Baydenning boshqa ishlari chiqib qoldi. Uning oʻrniga, kongressmenlar oldida, vaziyat haqida tushunchaga ega boʻlmagan davlat kotibi Blinken javob berdi.
"Bizda hammasi uchun kim javob beradi oʻzi? Karorlarni kim qabul qiladi?" - deb uni soʻroqqa tutdi senator Rish. Senator Blinkenga shuningdek, prezident yaqinda Kaliforniya shtatlarida boʻlgan yongʻinlar masalasida mutasaddilar bilan uchrashuv oʻtkazayotganda jonli efirdan uzib qoʻyilgani, davlat rahbarining gapi chala qolgani haqida ham eslatib qoʻydi. “U qoʻgʻirchoqku axir, uni darxol oʻchirib qoʻymasliklari haqida Oq uydagilarga bir ogʻiz gap ham aytolmaydi", - dedi Rish.
Kto takoy Toni Blinken: ot spichraytera Billa Klintona do posta gossekretarya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.02.2021
Video
Klinton spichrayteri va AQShning yangi Davlat kotibi: Toni Blinken haqida nimalar maʼlum
Mayliga edi, agar bularning hammasi 200 ta landovurdan iborat armiyaga ega boʻlgan birorta banan respublikasida sodir boʻlganida. Haqiqatdan ham kulgili holat emasmi, agar davlatning bosh shtabi boshligʻi dushman-mamlakat shtabidagi oshnasiga qoʻngʻiroq qilib: "Bro, biror nima boʻlsa, havotir olmay tur. Yadroviy qurolni sen tomonga uchirishdan oldin qoʻngʻiroq qilib ogohlantirib qoʻyaman", desa.
Axir Qoʻshma Shtatlar – anʼanaviy, yadroviy, biologik va kimyoviy qurollar zaxiralari boʻyicha shak-shubhasiz dunyo chempiondir. Vaqti-vaqti bilan efirdan uzib qoʻyiladigan, jinnisifat keksa janob dunyodagi eng qudratli armiyani boshqarmoqda.
Qolaversa, AQSH harbiy mashinasi hozirda qiziqarli transformatsiya bosqichida turibdi. Ayrim tahlilchilarning fikricha, Afgʻonistondan qochish va AQShning Saudiya Arabistoni koʻrsatadigan harbiy koʻmagidan favqulodda voz kechgani tasodif emas. Bu bemaʼni va hammani toliqtirgan "Xalqaro terrorizmga qarshi kurash"ning yakunidir. Oxirgi vaqtlarda u nanay yigitchalarining oʻzaro kurashi va ancha koʻlamdor boʻlgan xalqaro agressiyani avj oldirish dasturi koʻrinishini olayotgan edi.
Rand korporatsiyasi maʼlumotiga koʻra, 2014 yilda Pentagonda "Uchinchi tiklanish" (The Third Offset) deb nomlangan maxfiy rejani muhokama qilishni boshlashgan. Reja AQShning asosiy harbiy raqibi taxminan teng kuchlarga ega boʻlgan - Xitoy va Rossiya boʻlishini nazarda tutardi. Ular ustidan gʻalaba qozonish Amerikaning yangi, koʻp qutbli dunyoda gegemonligini taʼminlashi kerak edi.
Afgʻoniston yoki Iroq kabi barcha mayda-chuydalarni unutish taklif etilib, kuchlarni buyuk derjavalarga qarshi jamlash taklif etilgan edi. Buning uchun super texnologiyali armiya talab etilardi. Robotlar, sunʼiy intellekt, kosmik texnologiyalar, kiber qoʻshinlar - mana shularning hammasi.
Minoboronы pokazalo na video ispыtaniya noveyshix rossiyskix boyevыx robotov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Video
Rossiya yangi jangovar robotlarning kuchini koʻrsatdi - video
Nima uchun "Uchinchi tiklanish"? Gap shundaki, AQSH armiyasi birinchi marta Koreya urushida magʻlubiyatdan soʻng texnologik qayta tiklanishni boshdan kechirgan edi. Ikkinchi texnologik ilgarilash Vyetnamdagi magʻlubiyatdan keyin yuz bergan. Uchinchi tiklanish terrorizmga qarshi urushda muqarrar magʻlubiyatdan keyin amalga oshirilishi rejalashtirilgandi.
Fikr birdaniga qoʻllab-quvvatlanmagan. Biroq, 2018 yilda, Tramp davrida, milliy mudofaa strategiyasi qabul qilingandi. Unda AQShning asosiy raqiblari etib aynan Xitoy va Rossiya belgilangan - Hind va Tinch okeani esa boʻlajak harbiy harakatlarning asosiy teatri sifatida belgilangan edi.
"Uchinchi tiklanish", albatta, bu sizga sahro boʻylab toliblarni quvish emas. Boshqa strategiya, boshqa qurol, boshqa pullar. Tramp davrida Pentagon byudjeti 700 milliard dollardan oshib ketdi. Bayden 2022 yilda armiyaga 753 mlrd mablagʻ ajratishni rejalashtirmoqda. Jumladan, yuz milliarddan koʻprogʻi yangi harbiy texnologiyalar flagmani - AQSH Mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqotlar boshqarmasiga yoʻnaltiriladi. 10,4 milliarddan ortigʻini kiber qoʻshinlar oladi.
Qizigʻi shundaki, bu ulkan rejada eng katta rolni sunʼiy ong oʻynaydi. Google egasi Erik Shmidt, Palantir egasi Piter Til va boshqa raqamli oligarxlar uzoq vaqtlardan beri Pentagonga oʻz ishlanmalarini muvaffaqiyatli pullab kelishmoqda.
Ularning qanday ishlashi boshqa masala. Xuddi oʻsha sunʼiy ong bir necha bor katta xatolarga yoʻl qoʻygan. Masalan, 2003 yilda, Iroq urushi avvalida odamlar aralashuvisiz uchirilgan amerika "Petriot" raketalari xatolik tufayli avval britan, keyin esa amerika qiruvchilarini urib tushirgan. Uchuvchilar halok boʻlgan.
Yaqinda esa oldindan ogohlantirish tizimi Amerikaning Germaniyadagi Ramshtayn bazasida yolgʻon trevoga signalini berdi. Oʻsha paytda Boltiq dengizida Rossiya harbiy -dengiz kuchlarining mashgʻulotlari boʻlib oʻtayotgan edi. Kompyuter mashgʻulotlar vaqtida uchirilgan raketalarni haqiqiysi bilan adashtirgan.
Shunga qaramay, amerikalik sheriklar qsunʼiy ongni yadro qurollari sohasida sunʼiy intellektdan yanada koʻproq foydalanishni rejalashtirmoqda. Yana qayerda deng, qurolni uchirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish kabi nozik sohada.
Soveщaniye predsedateley verxovnыx sudov gosudarstv-chlenov SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Kolumnistlar
Rossiya va Xitoy Osiyoni oʻzgartirdi – Amerika esa uni qoʻldan boy bera boshladi
Amerika mudofaa nashrlari, xuddi oʻsha Rand korporatsiyasi, tahdidni aniqlash va qaror qabul qilishda kompyuter qanday xatoliklarga yoʻl qoʻyishi mumkinligi haqida tushunchalar beruvchi oʻnlab stsenariylarni allaqachon chop etgan. Masalan, gʻayrioddiy atmosfera hodisasi ham uni chalkashtirib yuborishi mumkin. Kompyuter uni dushman raketalari deb qabul qilib, javoban oʻsha tomonga raketalarni uchiradi. Dushman esa darhol haqiqiy hujum bilan javob qaytaradi. Apokalipsisga xush kelibsiz.
Biroq, bu gʻoya tobora ommalashib bormoqda. Beixtiyor, amerikalik sheriklarga sunʼiy ong faqat shunchaki niqoblanish uchun kerakdek tuyuladi. Raketalarni uchirish buyrugʻini kim bergan? Anu kompyuter. U shunchaki xatoga yoʻl qoʻyibdi. Amerikaning "Kosmik odisseya"dan tortib "Interstellar"gacha filmlarida kompyuterlar qay tarzda aqldan ozishganini kuzatganmisiz? Hech kim hech qanday javobgarlikka ham tortilmaydi. Axir kompyuterni Nyurnbergga olib bormaysizku.
Qarang, Amerika elitasida qanday koʻrsatishga arziydigan namunali xaos hukm surmoqda. Ochiq maydonda yomon oriyentirovka oladigan prezident. Eng kerakli vaqtda hamisha qayoqqadir gʻoyib boʻladigan vitse-prezident. Nochorligi shundoq koʻrinib turgan davlat kotibi.
Harbiylar deysizmi? Mana, general Mark Milli Amerika armiyasiga xilma -xillik va multimadaniyatni singdirish gʻoyasiga haddan berilgan. U transgenderlarga va jinsiy yoʻnalishi noaniq shaxslarga homiylik qilmoqda. Milli haqida aniq tasavvurga ega boʻlish uchun amerika armiyasida xizmatni reklama qiladigan rolikni tomosha qilishning oʻzi kifoya. Ha, aytish esdan chiqayozibdi, u sal shamol essa ham, darhol xitoyliklarga qoʻngʻiroq qilib, raketa uchirilishi haqida ogohlantiradi.
Namunaviy zaif elita. Gʻalati harbiy friklar. "Bizda hammasiga kim javobgar?!" Ixtiyorsiz ravishda qoʻmondonlikni sunʼiy ongga topshirgingiz keladi. Keyin esa "chuqur davlat"dan boʻlgan nomaʼlum oligarxlar tomonidan qabul qilingan har qanday qarorni kompyuter xatosida yoʻyish mumkin.
Shtab-kvartira Ministerstva oboronы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2021
Dunyoda
Pentagon Rossiya bilan yadroviy urush yuz berishi ehtimoli haqida bayonot berdi
90-yillarda sobiq respublikalar SSSRdan ajralib chiqqan paytda, amerikalik sheriklar qanday shov -shuv koʻtarishgan edi. Yadro qurolining tarqalishi, oʻgʻirlanishi va kontrabandasi haqida son-sanoqsiz prognozlar boʻlgan edi. Ularning hech biri amalga oshmadi. Sovet tsivilizatsiyasi soʻnggi sinovdan sharaf bilan oʻtdi: u yadro qurolini saqlab qoldi va hamma uchun toʻliq xavfsizlikni taʼminladi.
Amerikaliklarning oʻz raketalariga boʻlgan munosabatini eʼtiborsizlikdan boshqa narsa narsa deb atash mumkin emas. Shunday yangiliklar fonida, beixtiyor raketalarni uchirish kodlarini yoʻqotib qoʻyishga muvaffaq boʻlgan Bill Klinton yodga tushadi. Kodlarni keyin uzoq qidirishgan edi.
Agar Amerika elitasi bunday ongni namoyish qilayotgan ekan, ularning sunʼiy ongi yaxshiroq ishlashiga kim kafolat beradi? Xalqaro hamjamiyat Qoʻshma Shtatlardagi yadroviy tugmacha bilan sodir boʻlayotgan dahshatga eʼtibor qaratishi vaqti kelgandir, ehtimol. Balki ular ega arsenallarni xalqaro nazorat ostiga olish kerakdir? Aytgancha, Rossiya bu borada yordam berishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala