Jamiyat

Fuqarolik sudlarida ishlar soddalashtirilgan tartibda koʻrib chiqiladi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishStatuya Femidы
Statuya Femidы  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.09.2021
Soddalashtirilgan tartibida ish ajrim chiqarilgan kundan 20 kundan oshmagan muddatda yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
TOSHKENT, 19 sen — Sputnik. Prezident “Sudga murojaat qilish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi va fuqarolik protsessiga soddalashtirilgan ish yuritish tartibi joriy etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi.
Qonun bilan Fuqarolik protsessual kodeksiga soddalashtirilgan tartibda ish yuritish instituti kiritildi.
Daʼvoning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan BHMning 20 baravaridan, YATTga nisbatan 10 baravaridan, jismoniy shaxslarga nisbatan esa 5 baravaridan oshmasa, ishlar soddalashtirilgan tartibida koʻrib chiqiladi.
Soddalashtirilgan tartibida ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrimda javobgarga daʼvo arizasiga doir yozma fikrini taqdim etishi zarurligini koʻrsatadi va uni javobgarga yuboradi.
Javobgar daʼvo arizasiga doir yozma fikrini sudga oʻzi asoslanayotgan hujjatlar va dalillarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli.
Prokuratura - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.01.2021
Jamiyat
Prokurorlarning barcha iqtisodiy sud majlislarida ishtirok etish huquqi bekor qilindi
Soddalashtirilgan tartibida ish ajrim chiqarilgan kundan 20 kundan oshmagan muddatda yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish muddati uzaytirilmaydi.
Sud soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ishni sud muhokamasini oʻtkazmasdan, taraflarni chaqirtirmasdan va ularning tushuntirishlarini eshitmasdan koʻrib chiqadi.
Sud taraflar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda bayon qilingan tushuntirishlarni, eʼtirozlarni va (yoki) vajlarni tekshiradi, dalillar bilan tanishadi hamda hal qiluv qarorini qabul qiladi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader