Jamiyat

Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartiblari takomillashtiriladi

© Sputnik / Aleksey MayshevStroitelstvo novыx domov v Moskve
Stroitelstvo novыx domov v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.09.2021
Hukumat qarori bilan 2021 yil 1 oktyabrdan shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini amalga oshirishda qator qoidalarga rioya qilinadi.
TOSHKENT, 19 sen — Sputnik. “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Huqumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 oktyabrdan shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini amalga oshirishda:
shaharsozlik hujjatlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali koʻrib chiqiladi;
davlat mablagʻlari, davlat kafolatiga olingan tashqi investitsiya mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan ishlarning loyiha hujjatlari “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan koʻrib chiqiladi;
boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obʼyektlar loyiha hujjatlari akkreditatsiya qilingan yuridik shaxslar, “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK yoki uning hududiy filiallari tomonidan koʻrib chiqiladi;
ijobiy ekspertiza xulosalari “Ekspertiza xulosalarining yagona reyestri”ga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan olinadi;
ekspertizadan oʻtkazganlik uchun xizmatlar haqini tabaqalashtirilgan tartibda hisoblash tizimi joriy etiladi;
loyiha hujjatlarini koʻrib chiquvchi ekspert – mutaxassislarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularni sertifikatlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Qaror bilan Obʼyektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Stroitelstvo novыx domov v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2021
Iqtisod
Yigirmadan ziyod hududlar qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi
Nizomga muvofiq, quyidagi obʼyektlarning loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish majburiy emas: mavsumiy ishlar uchun vaqtincha va maishiy binolar; 300 kub metrdan ortiq boʻlmagan alohida qurilayotgan kichik hajmdagi obʼyektlar; ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (tsokolni hisobga olmagan holda) balandligi yer yuzidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylar; joriy taʼmirlanadigan binolar, inshootlar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala