“Skolkovo”, startap: O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi innovatsion hamkorlik istiqbollari

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tish "Skolkovo"
 Skolkovo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyaning “Skolkovo” innovatsion markazi bilan yaqindan aloqa o‘rnatilib, qator qo‘shma dasturlar amalga oshirilmoqda.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi Rossiyada faoliyat yuritayotgan innovatsion markazlar va jamg‘armalar bilan qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqda. Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Sputnik nashriga bergan intervyusida shu paytga qadar birgalikda amalga oshirilgan va yaxshi natija bergan loyihalarni sanab o‘tdi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan “CAT Science” Ilmiy startaplar platformasi “Skolkovo” xorijiy akseleratorlari bilan hamkorlik o‘rnatgan bo‘lib, hamkorlik doirasida o‘zbekistonlik 25 ta startap loyiha mualliflari “Softlending” dasturida ishtirok etgan. Dasturning samarali o‘tgani va erishilgan natijalarni inobatga olib, vazirlik huzuridagi Yoshlar akademiyasi a’zolari va yosh startapchilar uchun “Softlending” dasturini davom ettirishga kelishilgan.
Predsedatel fonda Skolkovo Arkadiy Dvorkovich - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2021
“Skolkovo” O‘zbekiston innovatsion rivojlanishiga qanday hissa qo‘shmoqda
“Skolkovo” jamg‘armasi bilan hamkorlikda “YaKlass” onlayn-loyihasi Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, Yunusobod tumanidagi 9-sonli umumta’lim maktabida ishga tushirildi. 322 nafar o‘quvchiga 2 oy mobaynida ta’lim dasturini o‘zlashtirishga yordam beruvchi “YaKlass” dasturidan bepul foydalanish imkoniyati yaratib berildi.
Shu bilan birga, “Kodvards” pilot loyihasi bo‘yicha ham kelishuvlarga erishilib, maktablarga informatika fanidan dasturlash sohasini chuqurlashtirib o‘rgatish uchun codewards.ru sayti ma’lumotlari bazasiga 2 oy muddatga bepul kirish imkoniyati taqdim etildi.
“Shuningdek, jamg‘arma bilan hamkorlikda o‘tkazilishi rejalashtirilgan va pandemiya tufayli kechiktirilayotgan “Startap tur” tashkil etish rejamiz bor. “Skolkovo” jamg‘armasi raisi Arkadiy Dvorkovich joriy yil aprel oyida Toshkentga tashrifi doirasida vazirlik faoliyati bilan tanishdi, amalga oshirilayotgan innovatsion sohadagi ishlarga yuqori baho berdi”, - dedi Ibrohim Abdurahmonov.
Bundan tashqari, RF Innovatsiyalarga ko‘maklashish jamg‘armasi hamkorligida startap-loyihalar bo‘yicha qo‘shma tanlov o‘tkazish yuzasidan tashkiliy tadbirlar amalga oshirildi. Birgalikda 3 ta qo‘shma loyiha moliyalashtirildi. Mana shu uchta g‘olib startap kompaniyalarga O‘zbekiston tomonidan 1 mlrd so‘m va Rossiya tomonidan 12 mln rubl mablag‘li grantlar ajratildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili Innovatsion rivojlanish vazirligi va Rossiyaning “Yevrosiyo injiniring kompaniyasi” hamkorligida O‘zbekistonda ilk bor “World Youth Innovation Forum — 2020” xalqaro yoshlar innovatsion forumi o‘tkazilgan. Unda 5100 nafarga yaqin yoshlar onlayn tarzda qatnashishdi. Forum doirasida mukofot jamg‘armasi 300 mln so‘mga teng “Eng yaxshi loyihalar” tanlovi tashkil etilib, 10 nafar g‘oliblar taqdirlandi.
na forume Otkritie Innovatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2020
Skolkovo olimlari O‘zbekistonga suvni tozalashga yordam beradi
Rossiya Fanlar Akademiyasi institutlarida Innovatsion va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Hozirgi kunda malaka oshirish istagini bildirgan 120 nafarga yaqin yosh olim va tadqiqotchilardan saralab olish jarayoni davom etmoqda. Epidemiologik vaziyatning yaxshilanishi bilan, saralab olingan nomzodlar malaka oshirish uchun Rossiyaga yuboriladi.
Yangiliklar lentasi
0