Video

Biz Afgʻonistondagi hozirgi mavjud siyosiy kuch bilan ish olib borishimiz kerak – Safoyev

Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev Oʻzbekiston Afgʻonistonning yangi hokimiyatini qoʻllab-quvvatlash yoʻlidan boradimi degan savolga javob berdi.
Afgʻonistondagi hozirgi mavjud siyosiy kuch bilan ish olib borish kerak. Bu haqda Senat raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev “Valday” klubining “Rossiya va Oʻzbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” konferentsiyasida maʼlum qildi.
“Bu yerda qoʻllab-quvvatlash, tan olish eng muhim masala emas. Biz hozirgi mavjud siyosiy kuch bilan ish olib borishimiz kerak. Eʼtiboringizni shu narsaga jalb qilmoqchimanki, bu mamlakatimizning yangi siyosati emas: oxirgi bir necha yil mobaynida Oʻzbekiston Afgʻonistondagi barcha siyosiy kuchlar, mavqei baland boʻlgan tashkilotlar muloqot olib bordi. Chunki bu bizga bevosita chegaradosh boʻlgan qoʻshni davlat. Biz hozir mavjud afgʻon hokimiyati bilan afgʻon xalqiga yordam berish borasida hamkorlikni kuchaytirish haqida gapiryapmiz” – dedi Safoyev.
Novoye pravitelstvo Afganistana vыrazilo blagodarnost prezidentu Uzbekistana za pomoщ - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Siyosat
Afgʻonistonning yangi hukumati Oʻzbekiston prezidentiga yordam uchun minnatdorlik bildirdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala