Analitika

Biz Oʻzbekistonda tushunarli oʻyin qoidalarini koʻrishni istar edik – Yandeks vakili

© Sputnik / Valeriy MelnikovOfis kompanii "Yandeks"
Ofis kompanii Yandeks - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Biz Oʻzbekistonda ochiq raqobat va tushunarli oʻyin qoidalarini koʻrishni istardik - Yandeks vakili.
TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Biz Oʻzbekistonda tushunarli oʻyin qoidalarini koʻrishni istar edik, dedi Rossiyaning Yandeks kompaniyasi vakili Aleksandr Vыsotskiy Toshkentda boʻlib oʻtayotgan "Valday" klubi va SMIT ekspertlari forumida.
"Biz, Rossiya biznesi, Oʻzbekistonda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni juda yaxshi his qilmoqdamiz. Masalan, ikki yil oldin Toshkentga kelganimda, birinchi navbatda pulni naqdga almashtirish va uni koʻtarib yurish kerak edi.
Hozir esa, vaziyat butunlay oʻzgargan. Muzey, restoran – umuman hamma joyda bank kartalari qabul qilishmoqda. Naqdsiz toʻlovlar juda tez yoʻlga qoʻyildi. Oʻzbekistonda ana shunday oʻzgarishlar juda tez sodir boʻlmoqda. Biz raqamli texnologiyalar juda tez kirib kelayotganini koʻrmoqdamiz.
Blijnevostochnaya konferentsiya kluba Valday - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Jamiyat
"Valday" klubi va SMIT ekspertlari Toshkentda nimalarni muhokama qilishi maʼlum boʻldi
Biz Oʻzbekistonda juda katta potentsial koʻrmoqdamiz. Oʻzbekiston, kuchli anʼanalar, koʻp sonli aholiga ega boʻlgan davlatdir. Asosiysi – bu aholining katta qismi yoshlardir. Ular smartfonlardan foydalanishni bilishadi va koʻp foydalanishadi ham.
Oʻzbekiston biz uchun juda muhim bozordir. Biz uzoq vaqt davomida uni kuzatib kelayotgan edik va imkon paydo boʻlishi bilan bu yerga oʻz mahsulotlarimiz bilan keldik. Hozirgi paytda ularga bu yerda katta talab borligini koʻrib turibmiz.
Yandeks karta bilan bu yerda aholi va biznes va ijtimoiy soha keng foydalanmoqda. Biz hatto imkon boʻlganda boshqa joylarda ham yandeks kartani oʻzbek tiliga tarjima qilishga harakat qilmoqdamiz. Masalan, Moskvada Yandeks kartadan oʻzbek tilida foydalansa boʻladi.
“Yandeks Go” – taksi xizmati ham juda yaxshi rivojlanmoqda. Mehmonxonada, hatto bizning oʻzimizga ham taklif qilishdi.
Respublika rahbariyati, prezident va bosh vazir Oʻzbekistonda barcha oʻzgarishlar imkon qadar tezroq boʻlishini istaydi. Buni tushunsa boʻladi albatta. Biz ham buni tezroq istaymiz va bunga tayyormiz ham. Lekin bu yerda ayrim tabiiy va mantiqiy cheklovlar bor. Buni toʻgʻri qabul qilish kerak.
Men aytayotgan narsalar - ayrim mahalliy biznes yuritish tartiblariga doir. Biz imkon qadar ularni tezroq qabul qilib, ularga moslashishga harakat qilayapmiz. Bizning xodimlarimiz bu yerga har oyda kelib turishadi.
Yandeks zapustil novoye prilojeniye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2019
Jamiyat
Yandeks oʻzbek tilida ham yangiliklar chiqara boshlaydi
Ikkinchi muhim masala bu yerda raqobatni rivojlantirishdir. Rossiya tajribasiga tayanib aytadigan boʻlsak, mahalliy va global kompaniyalar orasida raqobat boʻlishi – mahsulot sifatini oshishi va rivojlantirish uchun juda muhim shartdir.
Biz Oʻzbekistonda ham ana shunchay ochiq raqobatni va tushunarli oʻyin qoidalarini koʻrishni istardik", - deb soʻzini yakunladi Vыsotskiy.
Maʼlumot uchun, bugun Toshkentda Rossiyaning “Valday” klubi hamda Oʻzbekiston Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti ekspertlarining “Rossiya va Oʻzbekiston hamkorligining yangi tarixiy bochqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” mavzusida konferentsiyasi boʻlib oʻtmoqda.
Unda yetakchi xalqaro mutaxassislar, “Valday” munozaralar klubining siyosatshunoslik, iqtisodiyot, xavfsizlik sohasidagi nufuzli ekspertlari, shuningdek, Rossiya va Oʻzbekiston yirik OAVlari jurnalistlari ishtirok etishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala