Farhod Arziyev: O‘zbekiston va Rossiya iqtisodiy munosabatlari mislsiz o‘sdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPerviy zamestitel ministra inostrannix del Uzbekistana Farxod Arziyev
Perviy zamestitel ministra inostrannix del Uzbekistana Farxod Arziyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2021
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, so‘nggi 4-yilda Rossiya kapitali ishtirokidagi korxonalar 915 tadan salkam 3 mingtaga yetgan.
TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Toshkentda o‘z ishini boshlagan “Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bochqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” konferensiyasida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqbollari haqida fikrlar bildirilmoqda. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev ikki mamlakat iqtisodiy munosabatlari mislsiz o‘sganini qayd etdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Uning ta’kidlashicha, ikki mamlakat uchun eng dolzarb masalalarda fikr almashiladigan mazkur platformada tegishli baholar beriladi, tavsiyalar ishlab chiqiladi. Keyingi bir necha oyda mintaqadagi vaziyat keskin o‘zgarganini inobatga oladigan bo‘lsak, rossiyalik ekspertlarning fikr va yondashuvlari yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Transchegaraviy tahdidlar, xalqaro terrorizm va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashni muhokama qilish ham kun tartibidan o‘rin olgan.
“Iqtisodiy munosabatlar haqida gapiradigan bo‘lsak, mislsiz o‘sishni ko‘rish mumkin, so‘nggi 4-yilda Rossiya kapitali ishtirokidagi korxonalar 915 tadan salkam 3 mingtaga yetdi. Birgina o‘tgan yili pandemiya sharoitlariga qaramasdan, 240 ta yang korxona ishga tushirildi”, - dedi Arziyev.
Arziyev Afg‘oniston yo‘nalishida haqida gapirganda, ushbu mamlakatda davlat boshqaruvi tizimini mustahkamlash, terrorizmning avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik, iqtisodni rivojlantirish masalalarida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi talab etilishini ta’kidladi.
Blijnevostochnaya konferensiya kluba Valday - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2021
"Valday" klubi va SMIT ekspertlari Toshkentda nimalarni muhokama qilishi ma’lum bo‘ldi
Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev xavfsizlikning birinchi omili taraqqiyot va iqtisodiy yuksalish ekaniga e’tibor qaratdi.
“Shu sababli bugungi anjumanda bu ikki mavzu uyg‘un holda ko‘rib chiqilmoqda. Albatta, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida muhim o‘rin tutadi. Hattoki O‘zbekiston qay tarafga rivojlansa, Markaziy Osiyo ham shu tarafga rivojlanadi deyiladi. O‘zbekistonning rivoji esa Rossiya bilan chambarchas bog‘liq. Tarixga qarasak, o‘z vaqtida Buxoro amirligining Rossiya bilan savdo ko‘rsatkichlari qolgan barcha davlatlarning umumiy ko‘rsatkichiga solishtirganda, ikki baravar ko‘p bo‘lgan. Demak, Rossiya bu mintaqada ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham madaniy jihatlardan o‘ta chuqur ildizlarga ega. Va bugungi taraqqiyot haqida gapirganda ana shu tajribani, poydevorni nazarda tutamiz. "Valday" klubi bilan birgalikda, nafaqat tarixiy ildizlarimizni, balki kelajakdagi ishlarimizni ham tahlil qilamiz”, - dedi Safoyev.
Sodiq Safoyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi chog‘ida imzolangan hujjatlar, ayniqsa mintaqalararo hamkorlikka oid kelishuv bugun aloqalarning eng muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Sababi, ilgari bunday tajriba yo‘q edi, vaholanki, bu tashabbus qanday yaxshi samara berayotganini bugun hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda.
Anjumanda ekspertlar mavjud hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish imkoniyatlarini tahlil qilish borasida ham, kelajakka mo‘ljallangan rejalarni samarali amalga oshirish choralari yuzasidan ham fikr almashmoqdalar.
Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2021
O‘zbekiston va Rossiya savdo aylanmasi hajmini 10 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Yangiliklar lentasi
0