Jamiyat

Har bir viloyat hokimligi 100 nafar xotin-qizlar kontraktini toʻlab beradi

Studentka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Oʻzbekistonda kam taʼminlangan xotin-qizlarning kontrakt pulini viloyat hokimiyatlari va davlat OTMlari tomonidan toʻlab berish mexanizmi yaratilmoqda.
TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Bundan buyon viloyatlar hokimiyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi har oʻquv yilida 100 nafar kam taʼminlangan xotin-qizlarning kontrak pulini toʻlab beradi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining 19 sentyabrdagi qarorida aytib oʻtilgan.
Nizomga koʻra, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat va Toshkent shahar hokimliklari har yili oʻz hududlarida istiqomat qiluvchi 25 nafar birinchi kurs talabalari, 75 nafar 2-4 kurslarda oʻqiyotgan, jami esa 100 nafar xotin-qizlar uchun toʻlov-kontraktini toʻlab beradigan boʻldi.
Undan tashqari, moliyaviy barqaror boʻlgan davlat OTMlari boshqaruv kengashi qaroriga asosan 50 nafargacha xotin-qizlar birinchi oʻquv yilida bepul oʻqitiladi.
Kam taʼminlangan xotin-qizlar qoʻyidagi mezonlar asosida tanlanadi:
otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan muhtoj qizlar;
boquvchisi yoʻq ehtiyojmand yolgʻiz ayollar.
Ushbu toifaga mos keladigan xotin-qizlar test natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 10 kun ichida OTMga murojaat etishlari kerak. OTMlar 5 kun ichda roʻyxatni shakllantirib, hokimliklarga maʼlumot yuboradi. Talabgorlarni tanlab olish natijalari “Aziz-ayol.uz” sayti orqali eʼlon qilinib boriladi.
Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim olayotgan, xorijiy OTM filialida yoki oliy harbiy taʼlim muassasalari oʻqiyotgan xotin-qizlar Ushbu toifaga mos kelmaydi.
Avvalroq “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilinganligi haqida xabar bergandik.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala