Siyosat

Mirziyoyev navbatdagi BTM Bosh Assambleyasida qanday tashabbuslarni ilgari suradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVыstupleniye prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva na 75-y sessii Genassamblei OON
Vыstupleniye prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva na 75-y sessii Genassamblei OON - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Oʻzbekiston prezidenti BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasining yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarida onlayn nutq soʻzlaydi.
TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 76-sessiyasining yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarida videomurojaat bilan soʻzga chiqadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Mirziyoyev xalqaro hamjamiyatga mintaqa va global kun tartibidagi dolzarb masalalar, BMTning zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda chora koʻrishdagi roli yuzasidan oʻz nuqtai nazarini taqdim etadi hamda Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida amalga oshirilayotgan va ortga qaytmas tus solgan chuqur demokratik islohotlarning mazmun-mohiyatini ochib beradi.
Oʻzbekiston yetakchisi oʻz nutqida COVID-19 pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini BMT tomonidan eʼlon qilingan "hech kimni ortda qoldirmaslik" tamoyili asosida birgalikda yengib oʻtish masalalariga toʻxtalib oʻtadi.

Mirziyoyev tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, jahon iqtisodiyotini tiklash, barqaror taraqqiyotni taʼminlash, mintaqada va global darajada muloqotni kengaytirish, inson huquq va erkinliklarini ilgari surishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni bildiradi.

Shuningdek, uning iqlim oʻzgarishi, atrof-muhit va biologik xilma-xillikning tanazzulga yuz tutishi, Orol dengizining qurishi kabi transmilliy tahdidlarga qarshi kurashishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.
Mirziyoyev provel vstrechu s predsedatelem 75-y sessii Genassamblei OON - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev BMT vakili bilan uchrashuv oʻtkazdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala