Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifiga salmoqli hujjatlar to‘plami tayyorlangan – Rossiya TIV

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan
Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rahbari o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Toshkent bu tashrif tarixiy bo‘lishiga umid qilmoqda.
TOShKENT, 20 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifiga salmoqli hujjatlar to‘plami, jumladan, mudofaa sohasida tayyorlab qo‘yilgan. Bu haqda Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Andrey Rudenko Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Rudenkoning ma’lum qilishicha, Mirziyoyevning tashrifi shu yili amalga oshirilishi kutilmoqda.

“Biz O‘zbekiston prezidentining davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rapmiz, umid qilyapmizki, u bu yil amalga oshiriladi. Juda salmoqli hujjatlar to‘plami tayyorlab qo‘yilgan – birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida, lekin boshqa sohalarda ham, jumladan, mudofaa sohasida”, - dedi Rudenko.

Rossiya TIV rahbari o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Toshkent bu tashrif tarixiy bo‘lishiga umid qilmoqda.
Rudenko 2020-yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash 5,9 milliard dollarga yetganini qayd etdi. Bu ko‘rsatgich yanada o‘sadi.
Shavkat Mirziyoyev na trape samolyota - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2021
Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi kutilmoqda
Yangiliklar lentasi
0